thumb|350px|Taj Mahal Blues Trio
Blyuz (ing. blues, blue devils — gʻamginlik, dilgirlik) — Missisipi qoratanlilarining yakka ijro etiluvchi lirik qoʻshigʻi; odatda, qaygʻu, hasrat, baxtni qoʻmsash kayfiyatlarini ifodalaydi. XIX asr oxiridan maʼlum; XX asr boshidan shaharlarda yashovchi qoratanlilar orasida ham tarqala boshlaydi va professional musiqachilar ijodida mumtoz shakliga ega boʻladi. Ilk namunalari — U. Xendining „Memfis blyuz“ (1912) va „SenLui blyuz“ (1914). B. sirgʻanuvchi ohanglar („blyuz ohanglari“), sinkopalar, ijroviy badihagoʻylik kabi xususiyatlarga ega. B.— jaz sanʼatining asosiy manbalaridan biri.
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil