Bloking-generator — muayyan vaq oraligʻi (intervali)dan keyin takrorlanadigan qisqa muddatli (taxminan 1 mks) elektr impulslari ishlab chiqaradigan generator; transformatorli teskari aloqa sxemasida ishlaydigan relaksatsion qurilma. Impulslar qisqauzunligini kondensator sigʻimini oʻzgartirish yoʻli bilan rostlab turish mumkin. Impuls texnika qurilmalarida, televizion va radiolokatsion yoyuvchi qurilmalarda qoʻllanadi.
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil