Bitum loklar — tabiiy yoki sintetik bitum (smola)larning organik erituvchilardagi eritmalari. Bitum loklar pardasi quriganda kimyoviy jihatdan mustahkam va elektr oʻtkazmaydigan boʻladi. Bu loklar elektr himoya qoplamalari sifatida ishlatiladi.

Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil