Bel:

Bel — tananing bir qismi; bel umurtqalari (orqa oʻsiqlari bilan), ularga yopishgan va ulardan boshlangan muskullar (qorin boʻshligʻining orqa devori)dan iborat. Bel (asbob), belkurak — mehnat quroli; temirdan yasaladigan yogʻoch (baʼzan temir) dastali asbob. Bel (togʻ qismi) — togʻning oʻtish oson boʻlgan pastroq qismi. Bel (birlik) — elektrotexnika, radiotexnika va akustikada energiya yoki quvvatlar nisbati logarifmi bilan oʻlchanadigan birlik.