Baxt (1964-yilgacha Velikoalskseevskaya) — Sirdaryo viloyatining shimoliy-sharq qismida joylashgan shahar (1980 yildan). Aholisi 27 ming kishi (2019). 1939-yil 10-fevralda tashkil etilgan. Maydoni 0,55 ming km.kv. Aholisi asosan, o‘zbeklar, shuningdek, tojik, rus, tatar, koreys va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Toshkent — Xovos temir yoʻl hamda Katta Oʻzbekiston trakti (Toshkent — Termiz avtomobil yoʻli) yoqasida. Toshkentdan 95 km janubiy-gʻarbda. Baxt shahrida paxta tozalash, non zavodlari, qandolatchilik, yaxna ichimliklar sexlari, ishlab chiqarish tijorat firmasi, 14- umumiy taʼlim maktabi, 32- umumiy ta'lim mabtabi, 39-umumiy ta'lim maktabi, bolalar va oʻsmirlar markazi, oʻquvchilar ijodiy uyi, markaziy kasalxona, ambulatoriya, madaniyat uyi, 2 kutubxona bor va 1 ta "Baxt-jome" masjidi bor.

Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Turkum:Sirdaryo viloyati shaharlari Turkum:Sirdaryo tumani aholi punktlari Turkum:Sirdaryo viloyatidagi aholi punktlari Turkum:Oʻzbekistonning nomi oʻzgartirilgan aholi punktlari Turkum:Oʻzbekiston shaharlari