Baydara vodiysi - Qrim yarim orolning janubiy gʻarbidagi soylik. Sevastopoldan janubiy sharqda. Uz. 16 km, eni 8 km gacha. Soylikda dehqonchilik qilinadi, bogʻ, tokzorlar barpo etilgan, yon bagʻrida daraxt va butalar oʻsadi. Yalta—Sevastopol shosse yoʻli Baydara vodiysi dan (Baydara Darvozasi dovoni orqali) oʻtadi. Turizm rivojlangan.
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Turkum:Vodiylar Turkum:Yevropa