Badanin Nikolay Vasilevich (1895– 1965) – gelmintolog, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1956), veterinariya fanlari doktori (1940). Leningrad veterinariya institutini tugatgan (1928). Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi institutlarida parazitologiya kafedrasi mudiri (1939–1960). Choʻchqa solityori qoʻzgʻatadigan hamda buzoqlarda uchraydigan kasalliklarni davolash va oldini olish ustida ilmiy ish olib borgan.
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arboblari Turkum:1895-yilda tugʻilganlar Turkum:1965-yilda tugʻilganlar Turkum:1965-yilda vafot etganlar