Wreck-it Ralph (; inglizchadan tarjimasi: Buzarmon Ralph) 2012-yili ekranlarga chiqarilgan 3D kompyuter animatsiyali oilaviy komediya film boʻlib, Walt Disney Animation studiyasi tomonidan ishlangan va Walt Disney Pictures tomonidan tarqatilgan. Bu 52-chi toʻliq metrajli Disney animatsion filmidir. Film rejissori Rich Moore avval Simpsonlar va Futurama multseriallariga ham rejissorlik qilgan. Ssenariya mualliflari Jennifer Lee va Phil Johnston Moore, Johnston va Jim Reardon yozgan hikoyaga asoslanishgan. Filmga John Lasseter ijrochi produserlik qildi. Film bosh qahramonlariga John C. Reilly, Sarah Silverman, Jack McBrayer va Jane Lynch ovoz berishgan. Film arkada oʻyini salbiy qahramoni haqida boʻlib, uning oʻz roliga qarshi chiqishi, ijobiy qahramon boʻlishni orzu qilishi va boshqa oʻyinlar qahramonlariga yordam qilishi haqida hikoya qiladi.

Wreck-It Ralph umumjahon premyerasi 2012-yil 29-oktyabrida boʻldi.. Film tanqidchilar va omma tomonidan xush qarshilandi, Eng Yaxshi Animatsion Film sifatida Oltin Globus va Akademiya mukofotlariga nomzod qilindi, Annie mukofotiga erishdi.

Rotten Tomatoes kinotanqid saytida Wreck-It Ralph haqida 159 maqola yigʻilib, ulardan 86 foizi filmni ijobiy baholaydi. Sayt konsensusi shunday: „Filmdagi kinoyalarni tushunish uchun yetarli yoshdagi bolalar va ota-onalarga Wreck-It Ralph tanish mavzular va quvnoq nostalgiya ustiga qurilgan chechan, rang-barang sarguzashtdir.“

Ovoz berganlar thumb|Sarah Silverman va John C. Reilly Wreck-It Ralph multfilmi taqdimotida (San Diego Comic-Con International, 2012).

John C. Reilly — Wreck-It Ralph Sarah Silverman — Vanellope von Schweetz Jack McBrayer — Fix-It Felix Jr. Jane Lynch — Sergeant Tamora Jean Calhoun Alan Tudyk — qirol Candy Mindy Kaling — Taffyta Muttonfudge, Sugar Rush poygachisi. Joe Lo Truglio — Markowski, Heroʻs Duty askari Ed O'Neill — Mr. Stan Litwak Dennis Haysbert — General Hologram Adam Carolla — Wynnchel Horatio Sanz — Duncan Rich Moore — Sour Bill

Manbalar

Havolalar

Rasmiy sayti Wreck-It Ralph Rotten Tomatoes sahifasi

Turkum:2012-yil filmlari Turkum:2012-yil multfilmlari Turkum:AQSh filmlari Turkum:AQSh animatsion filmlari Turkum:Walt Disney Pictures filmlari Turkum:AQSh kompyuterli animatsion filmlari Turkum:Ingliz tilidagi filmlar Turkum:AQSH kinokomediyalari Turkum:AQSh jangari filmlari Turkum:2012-yil 3D-filmlari Turkum:AQSH 3D-filmlari Turkum:Rejissyorlar debyut filmlari Turkum:Rich Moore filmlari Turkum:2012-yil kinokomediyalari