Sandiqtov tumani (qoz. Sandiqtau audani, ساندىقتاۋ اۋدانى) — Oqmoʻla viloyatining shimoli-gʻarbiy qismida joylashgan. 1936-yili tashkil topgan. Maydoni 6,4 ming km². Aholisi 20,165 kishi, oʻrtacha zichligi km²-ga 3,1 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Tumanning maʼmuriy markazi — Balkashino qishlogʻi.
Aholisi Aholisi 20,1 ming kishi, oʻrtacha zichligi km²-ga 3,1 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Tuman aholisining milliy tarkibini quyidagi jadvaldan koʻrishingiz mumkin:(1-yanvar 2010-yil) ruslar — 12 585 kishi (56,33 %) qozoqlar — 4 375 kishi (19,58 %) olmonlar — 1 609 kishi (7,20 %) chechenlar — 1 448 kishi (6,48 %) ukrainlar — 894 kishi (4,00 %) beloruslar — 423 kishi (1,89 %) tatarlar — 129 kishi (0,58 %) ingushlar — 164 kishi (0,73 %) ozarbayjonlar — 63 kishi (0,28 %) udmurtlar — 60 kishi (0,27 %) boshqalari — 591 kishi (2,65 %) Umumiy — 22 341 kishi (100,00 %)
Iqlimi Iqlimi keskin kontinental. Qishi sovuq va uzoq boʻladi, yozi issiq va sernam. Yanvar oyining oʻrtacha harorati −17 — 18 °C. Iyulniki 19 °C. Yogʻingarchilikning yillik miqdori 350 — 400. mmQozoq ensiklopediyasi.
Ijtimoiy soha Tumanda 39 ta maktab, madaniyat uyi, 23 ta klub, tuman kasalxonasi, 9 ta oilaviy-shifokorlik ambulatoriya, 31 ta feldsh.-akusherlik punkt aholiga xizmat koʻrsatmoqda.
Katta qishloqlari Balkashino qishlogʻi Kamenka qishlogʻi Sandiqtov qishlogʻi Maksimovka qishlogʻi Veseloe qishlogʻi
Manbalar
Havolalar Informatsiya o rayone na sayte oblasti
Turkum:Qozogʻiston tumanlari