Gan, Xan (Halm) Otto (1879.8.3, Frankfurtmayn — 1968.28.7, Gyottingen) — nemis fizigi va radiokimyogari. Asosiy ilmiy ishlari radioaktivlik, yadro kimyosi va yadro fizikasiga oid. Bir qancha izotoplarni va yangi radioaktiv element-protaktiniyni (avstriyalik fizik L. Maytner bilan hamkorlikda) kashf etgan; birinchi boʻlib tabiiy radioaktiv elementlarda yadro izomeriyasini ochgan (1921). Geologik jinslarning yoshini va kristallarning hosil boʻlish jarayonlarini aniqlashda radioaktiv usullarni qoʻllagan; neytronlar taʼsiri ostida uran yadrolarining parchalanishini topgan (nemis fizigi F. Shtrasman bilan hamkorlikda, 1938). Bu kashfiyot yadro energiyasidan foydalanishda dastlabki qadam boʻldi. Nobel mukofoti laureati (1944).OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Gan Fransiyaning Akvitaniya mintaqasida joylashgan kommuna. Pyrénées-Atlantiques departamenti Pau tumani tarkibiga kiradi.

Aholisi 4971 nafar aholi istiqomat qiladi (1999). Aholi zichligi — har kvadrat kilometrga 125,2 nafar kishi.

Geografiyasi Maydoni — 39,7 km2.

Manbalar

Turkum:Alifbo boʻyicha aholi punktlari Turkum:Pyrénées-Atlantiques shaharlari