Doʻstlik () — Qirgʻiziston Respublikasining Botken viloyati Botken tumaniga qarashli qishloq. Qora-Bogʻ ovul okrugi tarkibiga kiradi.

Tarixi Qirgʻiziston hududida joylashgan Tojikistonning Vorux anklavi boʻyicha bahs oʻnlab yillar davom etib, jumladan, 2021-yil 29-aprel va 2022-yil 16-sentabrdagi qurolli harbiy toʻqnashuvlar yuz berganВорух анклавына такалган талаш-тартыш.

Do‘stlik qishlog‘ida mahalliy yoshlar yo‘l, suv yo‘qligi va boshqa ijtimoiy muammolar tufayli chegara hududlarini tashlab, boshqa hududlarga ko‘chib o‘tishga majbur boʻlishgan. Qishloqda Qirgʻizistonga tegishli mobil telefon aloqasi yo'q edi. Mahalliy aholi Tojikiston mobil tarmog‘idan foydalanar edi. Qirgʻzistonning mahalliy hokimiyat idoralari chegarada yashovchi aholi muammolariga befarq boʻlgan.

Botken tumani markazidan uncha uzoq boʻlmagan Doʻstlik qishlogʻiga olib boruvchi yoʻl avvallari Tojikiston hududidan oʻtgan, biroq Tojikiston hukumati tomonidan yoʻllar yopilgan edi. Qishloq ahli esa ilojsizlikdan adirlardan, suv oʻtuvchi soylardan, jarlardan o‘tib, tuman markaziga yetib borishga majbur boʻlishgan.

2022-yil 16-sentabrdagi qurolli toʻqnashuvlarda qishloq butunlay vayron boʻlgan. Qirg‘iziston hukumati qishloqni boshidan qurgan ediQirg'iz-tojik chegarasi. Xalq va mutaxassislarning fikri. Bu qishloq hududi hech qanday strategik ahamiyatga ega emasligini aytgan Tashiev ayirboshlashni asosli deb talqin qildi. U qishloq maydonidan kelib chiqqan holda yer va qo'shimcha yangi qurilish uchun kompensatsiya olinganini Qirgʻiz parlamentida maʻlum qildiQirg‘iziston Tojikiston bilan qaysi yerlarni almashtiradi? Tashievning hisoboti (qirgʻizcha).

Doʻstlik ovuli 2025-yilning fevral oyida Qirgʻiziston Respublikasining Botken viloyati Botken tumani tarkibidan Tojikiston Respublikasining tarkibiga oʻtkazildiKyrgyzstan gets 121 ha of land from Tajikistan in exchange for Dostuk village in Batken district - national security chief on land swap under border agreementsТашиев: Баткен районундагы Достук айылы толугу менен Тажикстанга өттү.

Geografiyasi Qishloq Botken viloyatining markaziy qismida, Tojikiston bilan davlat chegarasi yaqinida, Isfara daryosining oʻng qirgʻogʻida, viloyat va tumanning maʼmuriy markazi Botken shahriniing gʻarbidan taxminan 16 kilometr olislikda (toʻgʻri chiziqda) joylashgan. Balandligi - dengiz sathidan 948 metrDostuk.

Aholisi Qirgʻiziston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasining hisob-kitoblariga koʻra, 2023-yil boshida qishloq aholisi 385 kishini tashkil qilgan.

yil 2009 2014 2015 2020 2021 2023 aholi 328 391 398 431 406 385

Manbalar

Turkum:Botken viloyati aholi punktlari