Avliyokoʻl tumani — Qoʻstanoy viloyatining markaziy qismida joylashgan. Maydoni 11,7 ming km². Aholisi 47 554 kishi (2010). Tumanning maʼmuriy markazi — Avliyokoʻl qishlogʻi. Avliyokoʻl tumani 1928-yili Semiozer tumani boʻlib tashkil topgan, 1997-yildan boshlab Avliyokoʻl tumani deb nomlanib kelmoqda.

Iqlimi Iqlimi keskin kontinental — qishi sovuq, yozi issiq. Yanvar oyining yillik oʻrtacha harorati 18 — 19 °C, iyulniki 21 — 22 °C. Yogʻingarchilikning yillik oʻrtacha miqdori 260–280 mm.

Aholisi Aholisi 47 554 kishi (2010). Tuman aholisining koʻpchligi (72 %) qishloqlarda istiqomat qilishadi. Tuman aholisining oʻrtacha zichligi 1 km²-ga 5,3 kishidan toʻgʻri keladi. Tuman aholisining milliy tarkibi (1-yanvar 2010-yil): qozoqlar — 24 577 kishi (51,68 %) ruslar — 12 660 kishi (26,62 %) ukrainlar — 4 733 kishi (9,95 %) olmonlar — 1 944 kishi (4,09 %) tatarlar — 879 kishi (1,85 %) beloruslar — 811 kishi (1,71 %) chechenlar — 739 kishi (1,55 %) boshqalari — 1 211 kishi (2,55 %) Umumiy — 47 554 kishi (100,00 %)

Hududiy boʻlinishi Qazanbasi Novonejinka Lavrentevka Avliyokoʻl Amanqaragʻay Fedoseevka Timofeevka Qushmurun Dievka Moskalyovka Novosyolovka Sosnovka Turgunbaev (sobiq Tselinniy)

Iqtisodiyoti Tumanda moy, pivo, non zavodlari, kichik tikish va jihoz fabrikalari, qurilish-montaj korxonalari, nashriyotlar, yoʻl qurilish korxonasi, avtobaza bor. Avliyokoʻl tumani asosan qishloq xoʻjaligi bilan shugʻullanadi. Qishloq xoʻjaligiga yaroqli yer maydoni — 1,1 mln. ga (1997), Tumanda asosan qoʻy, sigir, yilqi, choʻchqa boqiladi, bugʻdoy, beda, koʻkatlar, kartoshka va hokazolar ekiladiQozoq Ensiklopediyasi, 1 tom.

Manbalar

Turkum:Qozogʻiston tumanlari