Afrigʻ, Ofrigʻ — milodiy IV asr boshida Xorazmda hukmronlik qilgan xorazmshoh, afrigʻiylar sulolasi asoschisi.

Qadimgi Xorazmdagi koʻplab qalʼalarning bunyod etilishi Afrigʻ nomi bilan bogʻliqOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil. 305-yilda xorazmshoh Afrigʻ oʻz qarorgohini Kat shahriga koʻchiradi. Kat qayta tiklanib, Al-Fir qalʼasi ichida shoh oʻziga yangi saroy qurdiradi. Xuddi shu vaqtdan boshlab Xorazmning Afrigʻiy shohlari betiga shoh va orqasiga suvoriy tasvirlari tushirilgan kumush tangalar zarb etib, mamlakatning ichki va tashqi savdo munosabatlarida mustaqil boʻlib oladilar.

Yana qarang Afrigʻiylar madaniyati

Manbalar

Adabiyotlar Gulyamov Y. G., Istoriya orosheniya Xorezma s drevneyshikh vremen do nashikh dney. Tashkent. 1957 Istoriya Xorezma. Pod redaktsiyey I. M. Muminova. Tashkent, 1976 OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Turkum:Xorazmshohlar Turkum:Oʻzbekiston tarixi Turkum:Xorazmda tugʻilganlar