LinguaLeo ( — „til“, Leo — oʻyin shahsining ismi) — Ingliz tilini oʻrganish va amaliyot qilish uchun veb-servis. Servis kashfiyotchilari soʻzlariga koʻra 2012-yilning 1-oktabrida bu saytda 2.200.000 dan ortiq foydalanuvchilar roʻyxatdan oʻtgan, asosan Rossiya va MDH davlatlaridan.
Bu servis „Ingliz tilini oʻrganishning etti siri“ degan loyiha asosida ish yuritadi va oʻz ichiga: „Maqom (motivatsiya) va istak, haqiqiy, autentik tilni oʻziga olish, andoza yasash va nusha koʻchirish, oʻzaro iqbollash, eng maqbul (optimum) intensivlik, omildorlik va muntazamlik“ larni oladi. Foydalanuvchining vazifasi — qiziqarli matnlarni tanlab, uni oʻzlashtirish va oʻziga nomaʼlum soʻzlarni belgilab, tarjimasini olish, mashgʻulotlarni bajarishdir. Bu loyihada „Arslon Leo“ shahsi ishlatilinib, loyiha oʻyin tarzida realizatsiya qilingan. 2012-yil 14-iyunda LinguaLeo kompaniyasi Rossiyaning venchur jamgʻarmasi Runa Capitaldan jami $3.000.000 xajmida venchur sarmoyalarini jalb qilishi toʻgʻrisida maʼlum qildi.
Tavsif LinguaLeo veb-servisi foydalanuvchilari video, audio va matnli materiallar uyumidan foydalanish huquqiga ega. Bularga: interfaol (interaktiv) mavzuga oid kurslar (video va grammatika); shaxsiy lugʻat, mashgʻulotlar toʻplami (tovushlantirish, krossvord, soʻzlar tarjimasi); mavzuga oid soʻzlar izohi; hamda til oʻrganishda boʻlayotgan va boʻlishi mumkin boʻlgan tarraqqiyot aks ettirilgan rivojlanish jurnali kiradi. iPhoneКоммерсантЪ TOP-100 Mobile Apps Pack: Apple iOS yoki WinPhone uyali telefon egalariga bepul ilovalaridan foydalanishga ham imkoniyat yaratilgan.
Tarix Oktabr 2009-yil: Moskva, Kirov va Perm shaharlaridan 5-ta odam Ko Chang oroliga ingliz tilini organish uchun onlayn servis ochish fikrini amalga oshirish uchun keldi. Mart 2010-yil: LinguaLeo servisining beta-talqini (beta-versiya) ishga tushirildi. Guruh Moskvaga qaytadi. May 2010-yil: Pul tanqisligi tufayli, servis yarim yilga toʻxtab qoldi. Noyabr 2010-yil: Guruh $200.000 sarmoyasiga taklif oldi. Mart 2011-yil: 90.000 foydalanuvchilar roʻyxatdan oʻtdi. Noyabr 2011-yil: 500.000 foydalanuvchi roʻyxatdan oʻtdi. Dekabr 2011-yil: LinguaLeo „Yil Startap“iMskit: Lingualeo стал лауреатом премии «Стартап года» 2011 в номинации «Выбор зрителей» и финалистом премии в номинации «Глобальный стартап». mukofoti tanlovidagi „Dunyo miqiyosidagi startap“ naminatsiyasida finalga chiqib, „Tomoshabinlar tanlovi“ nominatsiyasini qoʻlga kiritdi. Yanvar 2012-yil: iPhone uchun ilova chiqdi. Mart 2012-yil: 1.000.000 foydalanuvchilar roʻyxatdan oʻtdi va loyihaning ikki yilligi. May 2012-yil: 1.500.000 foydalanuvchi roʻyxatdan oʻtdi. WinPhone uchun ilova chiqdi. Iyun 2012-yil: Runa Capital bilan bitim tuzildi. Veb-servisni rivojlantirish uchun kompaniya $3.000.000 jalb qilish oʻngidan keldi. Jalb qilingan mablagʻlar veb-servisni yanada rivojlantirib halqoro sathga chiqishga yoʻnaltiriladi.
Manbalar
Havolalar LinguaLeo Sayti