Buloqboshi — Oʻzbekiston Respublikasi Andijon viloyatidagi shaharcha. Buloqboshi tumani markazi. Andijon shahridan 22 km janubi-sharqda. Aholisi 18,9 ming kishini tashkil etadi (2000). Shahar buloq boshida vujudga kelgan, nomi shundan. Aholisi paxtachilik, bogʻdorchilik va chorvachilik bilan shugʻullanadi. Janubiy Fargʻona kanali, buloq va artezian quduqlaridan suv ichadi.

Buloqboshida 2 ta qurilish tashkiloti, paxta punkti, ipak yigiruv fabrikasi, 2 ta tikuvchilik fabrikasi, avtokorxona, 2 ta tayyorlov-savdo tashkiloti, elektr tarmogʻi idorasi, yoʻl qurilish boshqarmasi, 3 ta bank muassasasi, kommunal foydalanish boshqarmasi, 3 ta bozor, 5 ta umumiy taʼlim maktabi, 6 ta yaslibogʻcha, kinoteatr, kasalxona, 2 ta poliklinika, maishiy xizmat koʻrsatish punktlari bor.

Buloqboshidan shahar va qishloqlarga avtobus qatnaydi„“ OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Eng soʻlim dam oladigan joylaridan Shirmonbuloq mavjud.

Manbalar

Turkum:Buloqboshi tumanidagi shahar tipidagi aholi punktlari