|} Rishod Rashidovich Sobirov (1986-yil 11-sentyabrda Buxoro viloyati, Jondor tumanida tugʻilgan) — oʻzbekistonlik dzyudochi. Dzyudo boʻyicha Respublika va xalqaro miqyosdagi turli musobaqalarda ishtirok etib, sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritgan. 2008-yil Buxoro davlat universitetini tamomlagan.

Sport faoliyati 2005-yil 12-14-noyabr kunlari Xitoyning Taypey shahrida yoshlar oʻrtasida Osiyo birinchiligida 1-oʻrin. 2007-yil 12-18-may kunlari Quvaytda Osiyo chempionatida 2-oʻrin. 2007-yil 17-19-mart kunlari Qozogʻistonning Olmaota shahrida xalqaro turnirda 3-oʻrin. 2008-yil 23-29-aprel kunlari Koreyaning Chedju shahrida Osiyo chempionatda 5-oʻrin, 2008-yil 12-25-avgust kunlari Xitoyning Pekin shahrida Olimpiada oʻyinlarida 3-oʻrin, 2008-yil 3-6-oktyabr kunlari Yaponiyaning Tokio shahrida jamoalar oʻrtasida jahon chempionatida 2-oʻrinni egallab, musobaqaning kumush medali sovrindori boʻldi. 2009-yil 20-23-mart kunlari Germaniyaning Gamburg shahrida xalqaro turnirda 1-oʻrin, 2009-yil 15-25-may kunlari Xitoyning Taypey shahrida Osiyo chempionatida 3-oʻrinni egalladi. 2010-yil 16-18-yanvar kunlari Koreyaning Suvon shahrida xalqaro turnirda 1-oʻrin, 2010-yil 4-6-fevral kunlari Fransiyaning Parij shahrida xalqaro turnirda 2-oʻrin, 2010-yil 7-11-may kunlari Tunisning Gammart shahrida xalqaro turnirda 1-oʻrin, 2010-yil 11-17-may kunlari Braziliyaning Rio-de-janero shahrida xalqaro turnirda 2-oʻrin, 2010-yil 1-5-iyul kunlari Rossiyaning Moskva shahrida xalqaro turnirda 1-oʻrinlarni egalladi. 2010-yilning 6-12-sentyabr kunlari Yaponiyaning Tokio shahrida oʻtkazilgan jahon chempionatida oltin medalini qoʻlga kiritdi. 2010-yilning 13-16-noyabr kunlari Xitoyning Guanchjou shahrida XVI-Osiyo oʻyinlarida 1-oʻrinni egalladi va musobaqaning oltin medalini qoʻlga kiritdi. 2011-yilning 5-7-fevral kunlari Ozarbayjonning Baku shahrida oʻtkazilgan xalqaro turnirda ham munosib ishtirok etib 1-oʻrin. 2011-yil 5-6-fevral kunlari Fransiyaning Parij shahrida xalqaro turnirda 1-oʻrin, 2011-yil 20-25-may kunlari Rossiyaning Moskva shahrida xalqaro turnirda 1-oʻrin, 2011-yil 23-27-avgust kunlari Fransiyaning Parij shahrida jahon chempionatida 1-oʻrin, 2012-yil 9-12-yanvar kunlari Qozogʻistonning Olmaota shahrida xalqaro turnirda 2-oʻrin. 2012-yil 1-12-fevral kunlari Fransiyaning Parij shahrida xalqaro turnirda 1-oʻrinlarni egalladi. Shu yili Angliyaning London shahrida oʻtkazilgan XXX Yozgi Olimpiada oʻyinlarida 3-oʻrinni egalladi.

Mehnat faoliyati 2004—2008-yillar — Buxoro davlat universiteti talabasi 2008—2012-yillar — Chirchiq oliy tank komandir-muhandislik bilim yurti harbiy xizmatchisi

Mukofotlari 2003-yildan buyon dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi. Dzyudo boʻyicha xalqaro toifadagi sport ustasi. 2008-yili „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi“ faxriy unvoni. 2011-yili „Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligiga 20 yil“ esdalik nishoni bilan taqdirlangan. 2012-yil „Oʻzbekiston iftixori“ faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak dzyudochilar Turkum:2008-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi dzyudochilar Turkum:2012-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi dzyudochilar Turkum:2016-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi dzyudochilar Turkum:Oʻzbekistonning Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan dzyudochilari Turkum:Oʻzbekistonning Olimpiada oʻyinlarida bronza medali olgan sportchilari Turkum:Dzyudo boʻyicha Olimpiada oʻyinlari sovrindorlari Turkum:2008-yilgi Yozgi Olimpiyada oʻyinlari sovrindori Turkum:2012-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlari medal sovrindorlari Turkum:2016-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlari medal sovrindorlari Turkum:Oʻzbekiston uchun Osiyo oʻyinlarida oltin medali sohiblari Turkum:Oʻzbekiston uchun Osiyo oʻyinlari bronza medali sohiblari Turkum:21-asrda Oʻzbekistonlik erkak sportchilari Turkum:Buxoro davlat universiteti bitiruvchilari Turkum:Chirchiq oliy tank komandir-muhandislik bilim yurti bitiruvchilari