Christian Charles Philip Bale (; 30-yanvar, 1974) ingliz aktyordir. Amerika filmlarida suratga tushib tanilgan Bale mustaqil va art filmlarda ham rollar ijro etgan.

Bale oʻzbek tomoshabiniga ilk bora Bolaginam Mio (1987) filmidagi Jum-Jum roli orqali tanilgan, dunyo eʼtiboriga esa Steven Spielberg'ning Empire of the Sun (1987) filmida rol oʻynab tushgan. 2000-yili u Amerika Jinnisi filmida Patrick Batemam ismli serial qotil rolini ijro etib, kinotanqidchilar maqtoviga erishdi. 2004-yilgi Mashinist kinosida qiltiriq stanokchi rolida suratga tushish uchun 28 kilo vazn yoʻqotib, metodli ijrochi (yaʼni rolga butunlay kiruvchi ijrochi) ekanligini isbotladi.

Bale Christopher Nolan'ning Batman Muqaddima (2005), Qora Ritsar (2008) va Qora Ritsar: Afsonaning qaytishi (2012) filmlarida Batman rolini ijro etib, katta tijoriy muvaffaqiyatga erishdi. 2010-yilgi Kurashchi filmidagi Dicky Eklund roli esa unga Oscar mukofotini keltirdi.

Manbalar

Havolalar Christian Bale IMDb profili

Turkum:Oltin Globus mukofoti sovrindorlari Turkum:Screen Actors Guild Awards sovrindorlari Turkum:Amerikalik erkak aktyorlar Turkum:Amerikalik erkak televideniye aktyorlari Turkum:Amerikalik erkak ovoz aktyorlari Turkum:Angliyalik erkak aktyorlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha aktyorlar