Talas tumani — Jambul viloyatining janubiy-gʻarbida joylashgan. 1928-yili tashkil topgan. Hududi 12,2 ming km². Aholisi 51 168 kishi (2011). Tuman markazi — Qoratov shahri Tarazdan shimoliy-gʻarbga tomon 105 km masofada joylashgan.

Daryo va koʻllari Tuman eridan Talas, Asa, Koʻktal, Tamdi daryolari oqib oʻtadi. Bilikoʻl, Aqkoʻl, Aqjar, Ashikoʻl, Tuzdikoʻl koʻllari ham mavjud.

Aholisi Tumanning asosiy qismini qozoqlar tashkil qiladi (81,4 %). Ulardan boʻlak: ruslar (10,2 %), ukrainlar, kurdlar, olmonlar, v.h. millat vakillari bor. Aholining zichligi 1 km²-ga 4,4 kishidan toʻgʻri keladi. Aholining asosiy qismi janubiy, janubiy-gʻarb va Talas daryosining qirgʻoqlarida istiqomat qilishadi. Bu hududlarda 1 km²-ga 13 — 15 kishidan toʻgʻri keladi.

+Katta qishloqlari: Qishloq nomi Aholisi Qoratov shahari 28,3 ming Aqkoʻl 3,1 ming Oʻyiq 2,8 ming Usharal 1,9 ming Shakirov 1,6 ming Aqqum 1,4 ming

Ijtimiy binolari Tumanda umumiy bilim beruvchi 39 maktab, 1 kolledj, 1 bolabogʻcha, 7 klub, 16 kutubxona, 1 muzey, 2 kasalxona, 11 mechit, 3 shifoxona, 6 feldsh.-akusher punkt, 12 feldsher punkt, 5 oilaviy-shifokorlik ambulatoriya va sanatoriy bor.

Manbalar