Francisco „Paco“ Gento López (, 21-oktabr 1933-yil — 18-yanvar 2022-yil) — ispaniyalik taniqli futbolchi, Real Madrid jamoasida toʻp surgan. Futbol tarixidagi eng yaxshi yarim himoyachilardan biri hisoblanadi. Yevropa chempionlari kubogi gʻolibligi boʻyicha rekordchi — 6 karra (1956—1960; 1966).

Biografiyasi thumb|left|Gento 2005-yilda Francisco Gento Santanderdan janubda joylashgan Guarnisoda tavallud topgan. Yoshligida otasi bilan chorvachilik bilan shugʻullangan, „Atletiko Aviasyon“ (hozirgi „Atletiko Madrid“) jamoasiga muxlislik qilgan. „Rasing“ yoshlar akademiyasiga qabul qilinmagunicha, bir qancha havaskor jamoalarda toʻp surgan. 1952/53 mavsumda „Rasing“ning asosiy tarkibida oʻynadi va oʻsha vaqtda madridning „Real“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi.

Pako Gento Realning yana bir afsonasi Alfredo Di Stéfanodan ikki oʻyin oldinroq debyutini oʻtkazdi, lekin „qaymoqranglilar“ safida koʻproq mavsum toʻp surdi. Gento bir jamoa safida va umuman 6 marta Yevropa chempionlari kubogi sovriniga ega boʻlgan yagona futbolchi hisoblanadi. Jahon futbolida eng muhim boʻlgan klublar oʻrtasidagi qitʼa musobaqalarida bunday koʻrsatkichni faqatgina argentinalik Francisco Sa 1970-yillarda olti marta Libertadores kubogi qoʻlga kiritgan. Ammo Francisco sovrinni ikkita jamoada yutgan: „Independiente“ (4), „Boka Xuniors“ (2).

Pako Gento sharafiga Santiago Bernabeu maydonida ikki marta oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazilgan. 1975-yilda „Real“ oʻz maydonida „River Pleyt“ bilan 1972-yilda esa portugaliyaning „Belenensish“ jamoasi bilan oʻynagan. Gento futbolchilik faoliyatini tugatgandan soʻng, „Real“ning ikkinchi jamoasi „Kastilya“da murabbiylik qildi. Keyinchalik esa boshqa jamoalarni ham boshqardi. 2007-yilda uning sharafiga yana bir oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazildi.

Vafoti Gento 2022-yilning 18-yanvarida 88 yoshida vafot etdiMuere Francisco Gento, leyenda del Real Madrid y único futbolista con 6 Copas de Europa .

Erishgan natijalari Ispaniya chempioni (12): 1954, 1955, 1957, 1958, 1961, 1962, 1963, 1964, 1965, 1967, 1968, 1969 Ispaniya kubogi (2): 1962, 1970 Yevropa chempionlari kubogi (6): 1956, 1957, 1958, 1959, 1960, 1966 Qit'alararo kubok (1): 1960 Lotin kubogi sohibi (2): 1955, 1957

Manbalar

Havolalar

Francisco Gento at Real Madrid Biography at Real Madrid Fans National team data International Appearances and Goals at RSSSF Goals in European Cups at RSSSF

Turkum:1933-yilda tugʻilganlar Turkum:2022-yilda vafot etganlar Turkum:Ispaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Rayo Cantabria futbolchilari Turkum:Racing de Santander futbolchilari Turkum:Real Madrid CF futbolchilari Turkum:SD Unión Club futbolchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Ispaniya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:1962-yilgi FIFA Jahon chempionati oʻyinchilari Turkum:1966-yilgi FIFA Jahon chempionati oʻyinchilari Turkum:Ispaniyalik futbol murabbiylari Turkum:Real Madrid Castilla murabbiylari Turkum:UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar