Kichik Jahon kubogi () — Venesuelada 1952-yildan 1957-yilgacha doimiy va 1975-yilgacha ba'zi yillarda o'tkazilib kelingan futbol musobaqasidir. Musobaqa Klublar o'rtasidagi jahon chempionati va Kontinentlaro kuboklarning birinchi avlodi hisoblanadi. Turnirda har xil yillarda ikkitadan to'rttagacha jamoalar o'ynashgan, yarmi Yevropa va yarmi Janubiy Amerika jamoalari qatnashgan. Lotin kubogi Kichik Jahon kubogida qatnashuvchi yevropa jamoasini aniqlab bergan. Janubiy Amerika jamoalari qatnashish tartibi aniq emas. Birinchi o'tkazilgan oltita musobaqadan keyin turnir o'z mavqeini yo'qotdi va qatnashuvchilar soni kamaydi.
G'oliblar YilG'olibMamlakat1952Real Madrid1953Millonarios1954Korintians1955San Paulo1956Real Madrid1957Barselona1963San Paulo1965Benfika1966Valensiya1967Atletik Bilbao1969Sparta1970Vitoriya (Setubal)1975GDR t.j.2005Feyenoord
Havolalar RSSSF saytida Kichik Jahon kubogi
Turkum:Kichik Jahon kubogi