Nigeriya (), Nigeriya Federativ Respublikasi () — Gʻarbiy Afrikada Gvineya qoʻltigʻi sohilida joylashgan davlat. Maydoni 923,8 ming km². Aholisi 129,93 mln. kishi (2002). Poytaxti — Abuja shahri Maʼmuriy jihatdan 36 shtat (state) va poytaxt okrugiga boʻlinadi.

Davlat tuzumi Nigeriya — federativ respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1999-yil 29-mayda qabul qilinga Nigeriya Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlikka aʼzo. Davlat boshligʻi prezident (1999-yildan Olusegun Obasanjo). U umumiy toʻgʻri va yashirin ovoz berish yoʻli bilan 4 yil muddatga saylanadi va yana bir marta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Milliy assambleya (ikki palatali parlament), ijroiya hokimiyatni prezident va hukumat amalga oshiradi.bilmiman

Tabiati Sohili kam parchalangan kambar pasttekislikdan iborat. Yer yuzasi shim.ga tomon balandlashib bo-radi. Yoruba, Ud i, Jos platolari (eng baland joyi 1735 m) bor. Platolardan janubida Niger va Benue daryo vodiylari joylashgan. Sharqiy qismining relyefi togʻlik, ayrim choʻqqilarining balandligi 2000 m dan ortiq. Nigeriya hududi tektonik jihatdan Afrika platformasi tarkibiga kiradi. Zaminining metamorfik jinslari mamlakat maydonining 50% ni tashkil etgan. Ular tarkibida to-kembriy gneyslari, magmatit, amfibolit, kvarsit va slanetslar uchraydi. Sohil yaqinidagi botiqlar dengiz va kontinent choʻkindilari bilan toʻlgan.

Nigeriyaning Atlantika okeani sohilida neft va gaz konlari bor. Toshkoʻmir, lignit va qoʻngʻir koʻmir, niobiy (kolumbit), kalay, volfram, molibden, temir, boksit, marganets, asbest, qoʻrgʻoshin, rux va uran rudasi konlari topilgan. Mamlakatning shimoli-gʻarbida oltin konlari ham bor.

Iqlimi ekvatorial mussonli iqlim. Shimolida dekabrdan martgacha quruq shamollar esib turadi. Bahorda deyarli hamma joyda yomgʻir yogʻadi. Yillik yogʻin 500– 4000 mm. Ichki mintaqalarda eng issiq oy (aprel yoki may)ning oʻrtacha temperaturasi 25— 33°, eng salqin oy (dekabr yoki yanvar)niki 20—27°. Yirikdaryolari: Niger va uning irmoqlari hamda Komadugu-Yobe. Ni-gerda kema qatnaydi. Chad koʻliga quyiladigan daryolari qurgʻoqchil mavsumda juda sayozlanib qoladi. Tuproklari qizil-sariq, laterit, qizil laterit, qizil-qoʻngʻir, qora tusli va allyuvial tuproklar. Oʻsimliklarining aksari tropik oʻrmon va savannalardan iborat. Sohili kambar mangra oʻrmonlari bilan qoplangan. Daraxtlarni koʻplab qirqish natijasida tabiiy Urmonlar, asosan, qoʻriqxonalarda saqlanib qolgan. Hayvonot dunyosi boy: fil, karkidon, krp-lon, chiyaboʻri, yovvoyi mushuk, kiyik, jirafa va boshqa yashaydi.

Ahrlisi. N.da turli tillarda soʻzlashuvchi 200 ga yaqin xalq bor. Gvineya tillarida soʻzlashuvchi xalqlar — yoruba, igbo, ijo va nupelar koʻpchilikni tashkil etadi. N.da xausa tilida soʻzlashuvchi xalqlar anchagina. Kanuri, fulbe xalqlari ham yashaydi. Sharqiy bantoid tillarida soʻzlashuvchi xalqlardan ibibio va tivlar bor. Shahar aholisi — 35,2%. Aholisining yarmiga yaqini islom diniga, qolgan qismi xristian va mahalliy anʼanaviy dinlarga eʼtiqod qiladi. Rasmiy tillari — ingliz va fransuz tili. Yirik sha-harlari: Lagos, Ibadan, Ogbomosho, Kano, Ivo, Kaduna, Port-Harkort, Ilorin, Za-riya, Onicha va boshqa

Tarixi Hozirgi N. xududida dastlabki aholi manzilgohlari paleolit davrida vujudga kelgan. Miloddan avvalgi 4—3-ming yillikdayoq bu joylarda silliklangan va sayqallangan tosh boltalar va sopol idishlar yasalgani maʼlum. 1-mingyillikda moddiy madaniyat nisbatan yuqori darajada boʻlgan. Milodiy VIII—X asrlarda N. hududida xausa xalqining shahar-davlatlari (Kano, Katsina, Zariya va boshqalar) vujudga kelgan. Benin qirolligi oʻsha davrdagi eng yirik davlatlardan biri boʻlgan. XIII asrda hozirgi N. hududiga fulbe qabilalari kelib, ular tezda xausalar bilan aralashib ketgan.

N. hududiga yevropaliklardan dastlab portugallar kelgan (1472). 1553-yilda N. soxdllariga dengiz tarafdan inglizlar kirib bordi. Yevropalik mustamlakachilar „qora tanlilarni ov qilib“, N. xa-lklarining tabiiy taraqqiyot jarayonini susaytirdi. 1849-yil Beninda ingliz konsulligi paydo boʻldi. 1861-yilda inglizlar Lagosni egalladilar. 1870-yillar oxirida mustamlakachilar Niger daryosi havzasida katta hududga oʻrnashib oldilar. 1885-yilda „Oyl-rivers protektorati“ (1893-yildan Niger sohili protektorati*) tuzildi. 1906-yilda uning tarkibiga Lagos ham qushib olindi, shundan soʻng „Jan. Nigeriya mustamla-kasi va protektorati“ deb atala boshladi. 1914-yil 1-yanvardan hozirgi N. hududi „Nigeriya mustamlakasi va protektorati“ nomini oldi. XX asr boshidan inglizlar N.dan arzon mineral va qishloq xoʻjaligi xom ashyolari manbai sifatida foydalana boshladilar. Mustamlakachi maʼmurlarning jabr-zulmi va bedodligiga qarshi tez-tez gʻalayonlar boʻlib turdi.

Birinchi jahon urushi (1914—18) dan soʻng N.da dastlabki ijtimoiy-siyosiy tashkilotlar paydo boʻla boshladi. 1920-yilda Gʻarbiy Afrika Milliy kongressining Nigeriya boʻlimi tashkil etildi. 1922-yilda N.da birinchi siyosiy partiya — Milliy demokratik partiya tuzildi. 20-yillar oxiri — 30-yillar boshida yangi ommaviy tashkilotlar vujudga keldi. Ikkinchi jahon urushi davri (1939—45) da chetdan tovar keltirish keskin kamaydi, natijada mahalliy sanoatning oʻsishiga sharoit tugʻildi. Teri oshlash, ip-gazlama toʻqish, meva va sabzavotni qayta ishlash korxonalari vujudga keldi. Mahalliy tadbirkorlar N.ga oʻz ichki ishlarini oʻzi boshqarish huquqi va siyosiy mustaqillik berilishini talab qila boshladi. 1944-yil avgustda dastlabki Umumnigeriya siyosiy partiyasi — Nigeriya va Kamerun Milliy kengashi (1962-yildan Nigeriya fuqarolari Milliy kengashi) tuzildi. 1940-yillar boshida N.da kasaba uyushmalari vujudga kela boshladi. 1945-yilda hali yaxshi uyushmagan ishchilarning birinchi ish tashlashi boʻlib oʻtdi. 1950—51 yillarda yana yangi partiyalar tuzildi. 1958-yil oktabrda Londonda boʻlgan konstitutsion konferensiyada N.ning barcha joylaridan kelgan vakillar N.ga mustaqillik berishni Buyuk Britaniyadan talab qildilar. 1960-yil N.ga Britaniya Hamdoʻstligi tarkibida mustaqillik berildi. Shu yili N. BMTga qabul qilindi. 1963-yil 1-oktabrdan N. federativ respublika deb eʼlon qilindi.

1964-yil 30-dekabrda federal parlamentga saylov oʻtkazilib, yangi hukumat tuzildi. Ammo hukumat aholining turmush darajasini oshirish haqidagi vaʼdalarini bajarmay, milliy manfaatlarga zid siyosat yuritganligi ilgʻor kuchlarning norozilik kayfiyatini qoʻzgʻatdi. 1966-yil 15-yanvarda harbiy toʻntarish boʻlib, federal harbiy hukumat tuzildi. 1966-yil 29-iyulda yana harbiy toʻntarish boʻldi. Yangi hukumat federativ idora usulini darhol tikladi. Ammo, shundan keyin ham ketma-ket harbiy toʻntarishlar sodir boʻlib, mamlakatning ijtimoiysiyosiy va iqtisodiy taraqqiyotiga salbiy taʼsir qildi. Nihoyat, 1999-yil 20-fevral kuni parlament saylovi va oʻsha yil 27-fevralda prezident saylovi boʻldi. Harbiylar hokimiyatni yangi saylangan prezident Olusegun Obasanjoga topshirdilar.

Milliy bayrami — 1-oktabr — Mustaqillik kuni (1960). N. Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1992-yil 11-martda tan oldi va oʻsha yil 28-avgustda diplomatiya munosabatlari oʻrnatdi.

Siyosiy partiya va kasaba uyushmalari Demokratiya uchun ittifoq partiyasi, 1998-yilda tashkil etilgan; Umumxalq partiyasi, 1998-yilda tuzilgan; Xalq de-mokratik partiyasi, 1998-yilda asos so-lingan. N. mehnat kongressi, mamlakatning yagona markaziy kasaba uyushma tashkil oti, 42 tarmoq kasaba uyushmasini birlashtirgan, 1978-yilda tuzilgan.

Xoʻjaligi va iqtisodiyoti N. — yirik sanoat salohiyatiga ega boʻlgan afar mamlakat. Yalpi ichki mahsulot va tashki savdo qajmi jihatidan Afrikada 2-oʻrinda (JARdan keyin) turadi. Yalpi ichki mahsulotning yarmi sanoatda, taxminan 30% qishloq xoʻjaligi va xizmat koʻrsatish sohasida ishlab chikariladi. N. dunyoda neft eksport qiluvchi 10 ta yirik mamlakat jumlasiga kiradi, neft qazib olish sohasida Afrikada birinchi oʻrinni egallaydi.

Qishloq xoʻjaligi —mamlakat iqtisodiyotining asosi, iqtisodiy faol aholi yarmidan koʻprogʻining tirikchilik manbai. Eng ommaviy deh-qonchilik shakli jamoa dehqonchiligidir. Mamlakatdagi 8 mln.ga yaqin fermer xoʻjaligi qishloq xoʻjaligi mahsulotining 90% ni beradi. Haydaladigan yerlarning anchagina qismida oziq-ovqat ekinlari, asosan, ildizmevali va donli ekinlar yetishtiriladi. Dehqonchilikda dukkakli ekinlar, shakarqamish, sabzavot va hoʻl mevalar muhim oʻrin oladi. Eksport uchun moyli palma, kakao, yer yongʻoq, kauchukli oʻsimlik, paxta yetishtiriladi.

Chorvachilik, asosan, shimolida va quruq savannalar mintaqasida rivojlangan. Qoramol, qoʻy va echki boqiladi. Shimolida yilqichilik, janubida choʻchqachilik va hamma mintaqalarda parran-dachilik bilan shugʻullaniladi. Daryolarda, Chad koʻli va Gvineya qoʻltigʻi suvlarida qimmatbaho baliq turlari koʻp bulsada, baliq ovlash unchalik rivojlanmagan. Baliqchilik mahsulotlari mamlakat aholisi ehtiyojlarini qondira olmaydi. Oʻrmon xoʻjaligidagi asosiy yogʻoch zaxiralari Niger daryosi etaklarida va janubi-sharqiy dengiz so-hilida joylashgan. Daraxtzorlar 23 ming km² ni tashkil etadi. Oʻrmonlar tartibsiz kesilishi natijasida qimmatbaho yogʻoch olinadigan daraxtlar kamayib ketdi. Mamlakatda oʻrmon xoʻjaligini tiklash tadbirlari ishlab chiqildi, yogʻoch eksport qilish taqiklandi.

Sanoatida konchilikasosiy oʻrinni egallaydi. Neft va tabiiy gaz, shuningdek, qalay va niobiy rudalari, toshkumir, temir rudasi va boshqa baʼzi turdagi foydali kazilmalar — N. konchilik sanoatining asosiy xom ashyo negizi. Ozroq miqdorda volfram, tantal, toriy, sirkon, uran, oltin, polimetall rudalar va boshqalarlar ham qazib olinadi. Xilma-xil nometall kazilmalar orasida ohaktosh, kaolin, qurilishbop qum, shagʻal bor. Mahalliy temir ruda, toshkoʻmir, ohaktosh va utga chidamli gilmoya negizida metallurgiyani rivojlantirishga kirishildi. Jumladan, 2000-yil oxirida Ajaokutda Tropik Afrikadagi eng yirik metallurgiya kombinatining birinchi navbati qurib bitikazildi. Neftni qayta ishlash zavodlari, „Pejo“, „Folksvagen“, „Fiat“ va boshqa avtomobil zavodlarining yigʻuv liniyalari bor. Yiliga 9—10 mlrd. kVt-soat elektr energiya hosil qilinadi. Niger daryosi buyidagi Kainji va Jebba GESlari, mamlakat janubidagi yirik shaharlarda joylashgan issiklik elektr markazlari elektr energetikaning asosini tashkil qiladi.

Nigeriya sanoati tuzilmasida oziq-ovqat va yengil sanoat tarmoqlari yetakchi rol oʻynaydi. N.da 95 ta toʻqimachilik fabrikasi, oziq-ovqat korxonalari bor. Ob-juvoz zavodlarida palma, yer yongʻoq va chigit yogʻi ishlab chiqariladi. Tamaki, meva-konserva, goʻsht-sut, qand-shakar ishlab chiqarish korxonalari, tegirmonlar mavjud. Yogʻochsozlik sanoati Sapeldagi yirik yogʻoch tilish, faner ishlab chiqarish kombinatidan, Epadagi kombinat va boshqa 400 mayda yogʻoch tilish korxonalaridan iborat. N.ning yirik shaharlarida mebel fabrikalari, gugurt va sellyuloza-qogʻoz korxonalari barpo etildi. Mamlakat janubidagi Nkala-gu, Port-Harkort, Abeokut, Kalabar, Emen shaharlarida sement, asbestsement taxtalar va quvurlar ishlab chiqarish zavodlari joylashgan. Lagos mashinasozlik va metall ishlash tarmoklarining yirik markazidir. Xalq hunarmandchiligi rivojlangan.

Transporti Avtomobil va temir yoʻl transporti yetakchi oʻrinda. Tashiladigan yuklarning 80% dan koʻprogʻi ularning hissasiga toʻgʻri keladi. Transport yoʻlilar uz. — 3,5 ming km, avtomobil yoʻllari — 124 ming km. Gʻarbiy (Lagos—Kano) va Sharqiy (Port-Harkort—Kaduna) temir yoʻl magistrallari dengiz sohilini mamlakatning ichkari tumanlari bilan tutashtiradi. Neft quvurlari uz. — 3000 km. Asosiy suv yoʻli — Niger daryosi va uning irmoqlari boʻlib, ularda de-yarli yil boʻyi kemalar qatnaydi. Ichki suv yoʻllarining uz. — 7,4 ming km. Asosiy dengiz portlari: Lagos (Apapa va TinKan-Aylende), Port-Harkort, Bonni, Forkados, Burutu, Varri. Havo transporti Ikkinchi jahon urushidan keyin rivojlana boshladi. Lagos, Kano va Ilorinda xalqaro aeroportlar bor.

Tashqi savdosi