Sitora Farmonova (1984-yil 20-avgustda tugʻilgan) — oʻzbek film aktrisasi, qoʻshiqchisi va qiziqchisi. U bir necha oʻzbek kinokomediyasida, jumladan, „Xavfli burilish“ (2004), „Mening akam boʻydoq!“ (2011) hamda „Endi dadam boʻydoq?“ (2013) filmlarida oʻynagan rollari bilan oʻzbek kino olamida shuhrat qozondi. Farmonova yana rejissor Veit Helmerning „Baikonur“ (2011) filmida oʻynagan roli bilan taniqlidir. Farmonova olmon rejissori olgan filmda rol oʻynagan birinchi oʻzbek aktrisasidir.
Farmonova qoʻshiq ham kuylaydi. U „Bahor-kuz“, qoʻshigʻi bilan Oʻzbekistonda tanildi. Qoʻshiqqa muxlislar hamda tanqidchialr yuqori baho berdi.
2015-yildan beri Farmonova „Азия MIX“ Bishkek jamoasi tarkibida KVN festivalida ishtirok etib keladi. 2016-yilning iyulida aktrisa KVN oʻyinlarining birida „millatini kulgiga qoldirgani uchun“ tanqidga uchradi. Buning ortidan „Oʻzbeknavo“ Farmonovaning litsenziyasini toʻxtatdi.
Hayoti Sitora Farmonova 1984-yilning 20-avgustida Buxoro shahrida tugʻilgan. 13 yoshligida oilasi bilan Toshkentga koʻchib oʻtgan. Uning ukasi va singlisi bor. Farmonova Sanʼat institutini bitirganСитора Фармонова: Всегда вперёд!.
Ijodi Sitora Farmonova oʻzbek, qozoq hamda qirgʻiz rejissorlarning bir qator filmida rol oʻynagan. U bir necha oʻzbek kinokomediyasida, jumladan, „Xavfli burilish“ (2004), „Mening akam boʻydoq!“ (2011) hamda „Endi dadam boʻydoq?“ (2013) filmlarida oʻynagan rollari bilan oʻzbek kino olamida shuhrat qozondi.
Farmonova Veit Helmerning 2011-yil olingan „Baikonur“ filmida oʻynagan roli bilan xalqaro shuhrat qozondi . Farmonova olmon rejissori olgan filmda rol oʻynagan birinchi oʻzbek aktrisasidir. Filmda Farmonova Nazira rolini oʻynagan. Nazira radio aloqlarni hamva fazogirlikni sevuvchi, oʻzini Gagarin deb atovchi bosh qahramon Iskandarni sevib qoladi.
Farmonova yana 2013-yil Qirgʻizistonda suratga olingan „Общага“ („Yotoqxona“) serialida ham rol oʻynagan. Serial yaxshi kutib olinda va aktrisa Qirgʻizistonda shuhrat qozondi.
Farmonova qoʻshiq ham kuylaydi. U Oʻzining oʻzbek qoʻshiqchisi Mirjamol bilan aytgan „Bahor-kuz“ dueti bilan Oʻzbekistonda tanildi. Muxlislar va tanqidchilar qoʻshiqni yuqori baholashdi. Qirgʻiz qoʻshiqchisi Mirbek Atabekov bilan aytgan „Эки журок/Ikki yurak“ ashulasi „Общага“ („Yotoqxona“) seriali soundtrackiga kiritildi.
2015-yildan beri Farmonova „Азия MIX“ Bishkek jamoasi tarkibida KVN festivalida ishtirok etib keladi. Jamoa turli mamlakat fuqarolari — tojikistonlik, oʻzbekistonlik, qozogʻistonlik hamda qirgʻizistonlik oʻyinchilardan tashkil topgan.
2016-yilgi mojaro 2016-yilning iyulida aktrisa KVN oʻyinlarining birida „millatini kulgiga qoldirgani uchun“ tanqidga uchradi. Buning ortidan „Oʻzbeknavo“ Farmonovaning litsenziyasini toʻxtatdi.
Diskografiyasi Kliplari Yil Qoʻshiq Rejissor2009 „Bahor-kuz“ (Mirjamol bilan) 2013 „Ayt“2016 „Chamanda gul“ Izzat Lutfullayev
Filmografiyasi + Film Yil Film Rol Izoh2003 Don Juan 2004 Marjona Nargiza Sarvinoz Nargiza Xavfli burilish Dilorom 2006 Uchinchi tilak Shahnoz 2008 Kelgindi qaynona Yulduz 2009 Makrli dunyo Dilobar Qasd Sunami 2 2010 Dinozavr qoldirgan iz Mohira Qadrdonlar Umid Malika 2011 Baikonur Nazira Mening akam boʻydoq! Raʼno 2012 Endi dadam boʻydoq? Raʼno 2013 Soddagina qiz Muyassar 2014 Baxt ortidan Lola2017 Orzudagi ayol 2017 Muzlagan Hamshira
+ Televideniye Yil Serial nomi Rol Izoh1998-2003 Ayol zoti 2006 Maftuna Maftuna 2013 Общага Meerim
+ Kliplar Yil Qoʻshiq Artist2004 „Dilorom“Ravshan Sobirov2006 „Begʻuborim“Firdavs N „Zamonaviy“Manzura2009 „Radiostansiya“100%
Manbalar
Havolalar
Turkum:1984-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik aktrisalar Turkum:Oʻzbekistonlik ayol qoʻshiqchilar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar