left Jamshid Karimovich Zokirov (11-iyul, 1948Жамшид Зокиров оламдан ўтди , uzbekona.uz—7-aprel, 2012Jamshid Zokirov olamdan oʻtdi , kun.uz) — Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, kino va teatr aktori.
Hayotining soʻnggi yili davomida saraton kasalligi bilan kurash olib borgan Jamshid Zokirov 2012-yil 7-aprelida vafot etdi.
Tarjimai holi Jamshid Zokirov 11-iyul 1948-yil Toshkent shahrida tavallud topgan. 1971-yil Ostrovskiy nomidagi teatr va rassomchilik san'ati institutini tamomlagan. 1971-yildan Hamza teatri - Oʻzbek milliy akademik drama teatrining aktyori. Eng yaxshi rollari: Albert („Oqshomdan tushgacha“), Farhod („Kuzning birinchi kuni“), Xolmat („Boy ila xizmatchi“), Erkak („Taqdir eshigi“), Stepan („Mardikor“), Erkak („Aldagani xotin yaxshi“) va b. Kinoda Ota („Orzular ogʻushida“), Hakim („Kelinlar qoʻzgʻoloni“), Olimtoy („Temir xotin“) kabi rollarni oʻynagan va videofilmlarda suratga tushgan: Dekan („Domla“), militsioner („Tartib“), Sharif Nomozov („Shaytanat“) va boshqalar. 1995-yil Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist unvoni bilan taqdirlangan. Oʻzbekiston xalq artisti Gavhar Zokirovaga uylangan. Vafotidan soʻng 2026-yil 28-mayda Mehnat shuhrati ordeni bilan taqdirlangan.
Filmografiyasi Kelinlar qoʻzgʻoloni Suv yoqalab Shaytanat Temir xotin Высоцкий. Спасибо, что живой Тақдир эшиги
Шайтанат
Manbalar
Turkum:1948-yilda tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak aktyorlar Turkum:Sovet erkak aktyorlari Turkum:Toshkent sanʼat instituti bitiruvchilari