Sariagʻash — (qoz. Сарыағаш) Janubiy Qozog'iston viloyati hududida joylashgan shahar, Sariagʻash tumanining markazi. Viloyat markazi sanalmish Chimkent shahridan janubga tomon 110 km uzoqlikda joylashgan. Toshkent shahridan 15 km uzoqlikda. Aholisi 40,599 kishi (2012).

Tarixi Poydevori 1870-yillari qurilgan. 1904 — 1905-yillarda Sariagʻash deb nomlandi. 1926-yildan Sirdaryo guberniyasining, Tashqozoq uezining, 1928—1939-yillari Keles tumanining, 1939-yildan buyon Sariagʻash tumanining markazi, 1968-yilda shahar mavqeini oldi.

Sanoati Sariagʻashda shifobaxsh mineral suv chiqaruvchi „Aleks“ MChB, „Asem-ay“ MChB, „Kurort — Bars −2030“ MChB faoliyat yuritadi.

Ijtimoiy soha Shaharda umumiy bilim beruvchi, musiqa, sport, kasbiy-texnik maktablari, Qabilanbek veterinariya kolledji, kutubxonalar, madaniyat uyi, klub, kinoteatr, tuman kasalxonasi, bolalar kasalxonasi, shifoxona, dispanserlar, feldsher-akusherlik punkt bor. Shahar orqali Orenburg — Toshkent temir yoʻllari, Chimkent — Shardara avtomobil yoʻllari oʻtadiУказ Президента Республики Казахстан от 24 апреля 1997 года № 3474 «О некоторых вопросах административно-территориального устройства Южно-Казахстанской области»..

Manbalar

Turkum:Alifbo boʻyicha aholi punktlari Turkum:Qozogʻiston kurortlari Turkum:Turkiston viloyati shaharlari Turkum:Sariagʻash tumani aholi punktlari