Belaruslar — xalq, Belarus respublikasining asosiy aholisi (7,9 mln. kishidan ortiq, 1992). Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi (1206 ming kishi), Ukraina (440 ming kishi). Qozogʻiston (183 ming kishi), Latviya (120 ming kishi), Litva (63 ming kishi), Oʻzbekiston (63 ming kishi), Estoniya (27,7 ming kishi)da ham yashaydi. Polshada 300 ming kishiga yaqin. Belarus tilida soʻzlashadi. Dinga eʼtiqod qiluvchilari — asosan pravoslavlar, qisman katoliklar ham borOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

thumb| alt=A.| Belarus xalqining piramidasi. Alifbosi kirillitsaga asoslangan. thumb|200px|I. E. Repin Belarus,1892 thumb|right|200px|Belaruslarning xatasi — uyi, Strochisidagi ochiq osmon tagidagi koʻrgazma Masihiylik diniga mansub, ichinora katoliklar ham bor. Belaruslar sharqiy slavyan xalqlariga mansub.

Tarixi Belarus xalqining etnik asosini sharqiy slavyan qabilalari: dregobichlar, krivichlar, radimichlar, drevlyanlar, severyanlar, volinyanlar tashkil qilganlar. 9 — 11 asrlarda shu qabilalar Kiev Rusining tarkibi boʻldi. U parchlanib, knyazlik tarqqgandan keyin (13 — 14 asrlar) Buyuk Litva knyazligining, 1569-yildan Rech Pospolitayaning tarkibiga kirdi. XVIII asrda Rossiyaga qoʻshildi. Shu asrdan boshlab belaruslarning madaniyati va turmush kechirishi koʻp oʻzgarishlarga uchradi. Hozirgi kunda belaruslar madaniyatining milliy etnografiyalik qadiriyatlari (milliy kiyimi, taom turlari, oilaviy dasturi) faqat chet joylarida saqlanib qolgan.

Milliy kasb-hunari Milliy kasb-hunarlari — dehqonchilik (arpa, bugʻdoy, sholi, kartoshka, zigʻir yetishtirishadi) va mol chorvachiligi (sigir, choʻchqa va uy parrandalarini boqishadi) yaxshi yoʻlga qoʻyilgan. Kulolchilik bilan, ustalik kasibi bilan, kiyim, oyoq kiyim tikish, turli buyumlarni toʻqish bilan shugʻullanadi.

Kiyimlari Milliy kiyimlari erkaklari tizzasigacha etik, shim kiyadi, bellarini junli ipdan oʻrilib, uchlarini belbogʻ bilan boylaydi. Sirtki koʻrinishiga gullik matodan tikilgan nimcha, boshlariga qalpoq, qishda „magerka“, „kuchma“, „ablavuxa“ nomli qalpoqlar kiyishadi. Ayollari oldi koʻrinishi naqsh bilan oʻrnaklangan koʻylak, „andaran“ nomli nimcha kiyishadi. Rang-barang belbogʻlardi bogʻlaydi. Sochlarini oʻrmaklaydi. Erkaklar ham, ayollar ham qishda chapon, toʻn kiyishadi.

Taomlari Milliy taomlari — kartochka va undan tayyorlangan taomlar (jur, zatirka, buraki, kletski). Goʻshtni bayram arafalarida isteʼmol qilishadi (machanku, studen, vereshaku). Asosiy milliy ichimliklari: kvas, qayin sharbati. Milliy uylari koʻpincha daraxtdan ishlanadi.

Manbalar