Kambodja ( Preăh Réachéanachâkr Kâmpŭchea) — Janubi-Sharqiy Osiyoda, Hindixitoy yarimorolining janubiy qismida joylashgan davlat. Maydoni — 181 ming 35 km2. Aholisi — 14 805 000 kishi (2009). Poytaxti — Pnompen shahri. Maʼmuriy jihatdan 20 viloyat (kxet)ga va markaz qaramogʻidagi 2 shaharga boʻlinadi.

Davlat tuzumi Kambodja — konstitutsiyali monarxiya. Amaldagi konstitutsiyasi 1993-yilda qabul qilingan. Davlat boshligʻi — qirol. Qonun chiqaruvchi hokimiyat — 2 palatali parlament (Milliy assambleya va Senat)dan iborat. Ijroiya hokimiyatni hukumat amalga oshiradi.

Tabiati Kambodja hududining koʻp qismini allyuvial va koʻl yotqiziqlaridan iborat Kambodja tekisligi egallagan. Mamlakat gʻarbida Kravan togʻlari (Oral togʻi, 1813 metr — eng baland nuqta), shimolda Dangrek qumlogʻi va sharqida Annam togʻlarining tarmogʻi bor.

Iqlimi Iqlimi subekvatorial, mussonli, yozi nam, qishi nisbatan quruq. Eng issiq oy — aprelda oʻrtacha harorat 29 °C, 30 °C, dekabrda 25 °C, 26 °C. Oʻrtacha yillik yogʻin 700–2000 mm.

Geografiyasi 200px|right|thumb|Tonlesap daryosi Kambodjada daryo koʻp. Mekong daryosining quyi qismi Kambodja hududidan oʻtadi; suv sathi mavsum sayin oʻzgarib turadi. Tonlesap koʻli kam suv. Kambodja hududining 3/4 qismiga yaqini oʻrmon. Sharqida barg toʻkuvchi tropik oʻrmon, togʻlarda qimmatbaho yogʻoch beruvchi doim yashil (sal, tik, lak, kamfara) daraxtlar usadi. Qolgan hududida siyrak daraxtli savannalar, qalin bambukzorlar va turli chakalakzorlar bor. Kambodja tekisligi ancha qismining tuprogʻi unumdor allyuvial tuproq. Hayvonlari koʻp va xilma-xil. Yoʻlbars, qoplon, qora ayiq, fillar uchraydi. Mekong daryosi va uning irmoqlarida timsohlar, suzuvchi qushlar, meshkopchiqush va flamingolar bor. Tonlesap koʻlida baliq koʻp.

Hududiy boʻlinishi Davlat hududi 23 provinsiyaga boʻlinadi. thumb|right|350px|Kambodjaning hududiy boʻlinishi Banteaymeantey Battambang Kampongspi Kampongtxom Kampongtyam Kampongchnang Kaep Kampot Kandal Kaxkong Kratex Mondolkiri  Oddarmeantey Paylin Pnompen (GTsP) Pousat Preyveng Preaxvixea Ratanakiri Svayrieng Sianukvil Siemreap Stingtraeng Takeo 

Aholisi 200px|right|thumb|Pnompen Aholisining 80 % kxmerlar, asosan, Kambodjaning markaziy pasttekislik qismida yashaydi. Shaharlarda, Mekong daryosi vodiysi va Tonlesap atrofida vyetnamlar, xitoylar, shuningdek, chamlar, malayyalar, togʻlik kxmerlar, fransuzlar (shaharlarda) va boshqalar istiqomat qiladi. Rasmiy tili — kxmer tili, fransuz tilida ham soʻzlashishadi. Kxmerlarning koʻpchiligi buddaviylikka, xitoylar — konfutsiylikka eʼtiqod qiladi, fransuzlar bilan vyetnamlarning bir qismi katolik mazhabida. Aholining 12 % dan koʻprogʻi shaharlarda. Yirik shaharlari: Pnompen, Battambang, Sianukvil (Kampongsaom).

Tarixi Hozirgi Kambodja hududida odamlar neolit davridan yashaydi. Ular dehqonchilik, baliqchilik va ovchilik bilan shugʻullangan. 1 — 6 asrlarda Kambodja hududida birinchi Funan quldorlik davlati vujudga keldi. U Janubiy Hindiston, Xitoy bilan savdo qilgan va madaniy aloqada boʻlgan. 7 — 8 asrlarda Kambodja hududida Yer Chenlasi va Suv Chenlasi davlatlari tashkil topdi. IX asrda esa Mekong daryosi deltasida Kambujadesh saltanati vujudga keldi. U XIII asr oxirida inqirozga uchradi. XVI asr oʻrtalarida buddaviylik tarqaldi. XVI asr oxirida Tay qoʻshinlari mamlakatning gʻarbiy qismini vayron qildi. XVIII asrda Kambodja Siyom va Vyetnam davlatlariga tobe boʻlib qoldi.

XIX asr oʻrtalarida Fransiya Kambodjaga bostirib kirib, 1863-yil uni protektorat haqida shartnoma tuzishga majbur etdi. Mazkur shartnoma 1884-yil Kambodja uchun ogʻir bitim bilan almashtirildi. Natijada Kambodja Fransiya mustamlakasiga aylandi. 1887-yil Kambodja Fransiya Hindixitoydagi oʻz mustamlakalarini nazorat qilishni markazlashtirish maqsadida tuzgan Hindixitoy ittifoqi tarkibiga kiritildi. Kambodjaning asoratga solinishi milliy mustaqillik uchun kurashning avj olishiga sabab boʻldi. XIX asrning 60—90-yillarida milliy mustaqillikni tiklash uchun xalq harakatlari boʻlib oʻtdi. 1926-yil mustaqillik talab qilgan dehqonlar harakati fransuz mustamlakachilari tomonidan shafqatsizlik bilan bostirildi. 1940-yilda Kambodjani Yaponiya bosib oldi. Vatanparvarlarning Qarshilik harakati Ozod kxmer tashkiloti rahbarligida yapon bosqinchilariga, 1945-yildan keyin fransuz mustamlakachilariga qarshi keskin kurash olib bordi. 1946-yil saylangan Maslahat majlisi Kambodja tarixida birinchi konstitutsiyani tasdiqladi. Milliy ozodlik harakati tazyiqi ostida Fransiya oʻz qoʻshinlarini olib chiqib ketishga majbur boʻldi (1953-yil 9-noyabr). Bu sana milliy bayram — Kambodja mustaqilligi kuni deb eʼlon qilindi. 1955-yil 25-sentabrda Kambodja konstitutsiyasiga tuzatish kiritildi, birinchi mustaqil hukumat — Sangkum tuzildi. 1970-yil 18-martda mamlakatda davlat toʻntarilishi boʻldi; N. Sianuk oʻrniga general Lon Nol davlat boshligʻi qilib tayinlandi. Aprel oyi oxirlarida Kambodjaga Amerika-Saygon qoʻshinlari bostirib kirdi. Kambodja vatanparvarlari bosqinchilarga va Pnompen mustabid hokimiyati qoʻshinlariga qarshi kurash olib bordi. 1970-yil 30-iyunda AQSh qoʻshinlarining katta qismi Kambodja hududidan olib ketildi. 1970-yil 9-oktabrda Pnompenda gʻayridemokratik „Kxmer Respublikasi“ eʼlon qilindi, 1972-yil 4-iyunda Lon Nol „prezident“ qilib „saylandi“. U Kambodjada osiyoliklarni osiyoliklarga qarshi urushtirish siyosatini qoʻlladi. 1976-yilda mamlakatdagi hokimiyatni Pol Pot — Iyeng Sari toʻdasi egallab olib, fashistsimon mustabid tartiblarni oʻrnatdi, xalqni qirgʻin qildi. 1978-yilda tuzilgan Kambodja milliy najot birlashgan fronti qurolli kuchlari safi partizanlar, muntazam qismlar va boshqa vatanparvar kuchlar hisobiga kengaydi. Ular mamlakat hududining katta qismini ozod qilishga erishdi. 1979-yilda manfur tuzum agʻdarildi. 1993-yilda yangi konstitutsiya qabul qilindi, N. Sianuk boshliq monarxiya tiklandi. Shu konstitutsiyada Kambodja qoʻshilmaslik siyosatini yurituvchi mustaqil, suveren, tinchliksevar, betaraf mamlakat deb eʼlon qilindi. Kambodja 1955-yildan BMT aʼzosi. Ozbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1995-yil 7-sentabrda oʻrnatgan. Milliy bayrami — 9-noyabr — Mustaqillik kuni (1953)Cambodian Genocide Program | Yale University.

Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari Mustaqil, betaraf, tinch va hamkorlik qiluvchi Kambodja uchun milliy front, 1992-yilda tuzilgan; Kambodja xalq partiyasi, 1951-yilda asos solingan; Buddaviylar liberal-demokratik partiyasi, 1992-yilda tuzilgan; Liberal demokratik partiya, 1992-yil tuzilgan; Kambodja milliy qurilish va mudofaa birlashgan fronta, 1978-yil tuzilgan. Kambodja kasaba uyushmalari federatsiyasi 1979-yil tuzilgan.

Xoʻjaligi Kambodja — iqtisodiy jihatdan zaif agrar mamlakat. Xoʻjaligining asosi — qishloq xoʻjaligi mehnatga layoqatli aholining 85 % band boʻlgan bu soha yalpi ichki mahsulotning 46,6 % ni beradi. Qishloq xoʻjaligida yetakchi tarmoq — dehqonchilik. Sholi, makkajoʻxori, batat, yams, shakarqamish, murch, yer yongʻoq, tamaki, banan, apelsin, mandarin, paxta yetishtiriladi, tabiiy kauchuk olinadi. Qoramoldan koʻpincha ish hayvoni sifatida foydalaniladi. Kambodjada yiliga 100 ming m3 yogʻoch tayyorlanadi. Baliq ovlash (ayniqsa, Tonlesap koʻlida) rivojlangan.

Sanoat korxonalari Asosan, mahalliy qishloq xoʻjaligi xom ashyosini ishlaydi. Oltin, boksit, fosforit, magnezit, temir rudasi, rangli metallar rudalari, marmar va boshqalar qazib chiqariladi. Elektr energiyasining koʻp qismi issiqlik elektr stansiyalari (70 mln. kVt-soat)dan olinadi. Oziq-ovqat tayyorlash ishlab beruvchi sanoatning asosiy tarmogʻidir. Metall va yogʻoch ishlash, oziq-ovqat, neft tozalash, toʻqimachilik va qogʻoz fabrikalari, faner, sement, traktor-avtomobil yiguv, shina, pivo zavoddlari va boshqa korxonalar bor. Sanoat markazlari: Pnompen, Battambang va Sianuk-vil shaharlari.

Yoʻllari thumb|200px|left|Milliy shosse № 4 thumb|200px|right|Siemreapedagi xalqaro aeroport Kambodjada 649 km temir yoʻl, 14,8 ming km ga yaqin avtomobil yoʻli bor. Suv yoʻllarining ahamiyati katta (Mekong daryosining quyi oqimida). Asosiy portlari: Pnompen, Sianukvil. Pnompen yaqinida xalqaro aeroport bor. Kambodja chetga guruch, tabiiy kauchuk, qurilish materiallari, kunjut, kapok (dagʻal oʻsimlik tolasi), murch, baliq va baliq mahsulotlari chiqaradi. Chetdan mashinalar, asbob-uskunalar, neft mahsulotlari, transport vositalari, sement, isteʼmol mahsulotlari, metall va metall buyumlar keltiriladi. Kambodja Singapur, Tailand, Malayziya, Vyetnam va boshqa davlatlar bilan savdo qiladi. Pul birligi — riyel.

Maorifi 200px|right|thumb|Qirollik universitet, Pnompen Kambodja mustaqillikka erishgach, boshlangich (6 yillik), toʻliqsiz oʻrta (4 yillik), oʻrta (7 yillik) maktablarda bepul oʻqish joriy qilindi. Pnompenda Oliy texnologiya instituti va Qirollik texnika unstituti, shuningdek, Milliy kutubxona, Milliy muzey va Qirollik saroyi muzeyi mavjudCentral Intelligence Agency . Cia.gov. Retrieved on 20-iyun 2011-yil. Dlya lits v vozraste ot 15 do 24 let etot pokazatel sostavlyaet 89 i 86 % dlya yunoshey i dlya devushek sootvetstvenno.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi Kambodjada nashr etiladigan gazeta va jurnallar : „Kambodja“ (kxmer tilida chiqadigan haftalik gazetasi, 1979-yildan), „Kaset kangtoap padivoat“ („Kambodja inqilobiy armiyasi“, kxmer tilidagi haftalik gazetasi, 1979-yildan), „Procheachun“ („Xalq“, kxmer tilida haftasiga 2 marta chiqadigan gazetasi, 1985-yildan), „Pulko“ („Mehnatkash“, kxmer tilida 2 haftada chiqadigan gazetasi, 1988-yildan), „Neak kxusana“ („Targʻibotchi“, jurunali). Kambodja matbuot agentligi 1978-yilda tashkil etilgan. Kambodja milliy radiosi (1978) va Kambodja davlat televideniyesi (1983) ishlaydi.

Adabiyoti 200px|right|thumb|Klassik kxmercha raqs 200px|right|thumb|Banteaysrey 200px|right|thumb|XIX asrda solingan rasm Kambodja yozma adabiyotining sanskritdagi ilk namunalari II asrda yaratilgan. Kxmer tilidagi adabiy asarlar VII asr boshlarida paydo boʻldi. 802—1433-yillarda kxmer madaniyati ravnaq topdi, kxmer tilida „Indradevi“ lirik dostoni, „Reamker“ eposi va „Tum va Teau“ xalq dostoni yaratildi. Yozuvchilardan Yashovar Man II, Kavishvara, Kindra, Subxadra sanskritda, Duong, Tyey Non, Pxokdey va b. kxmer tilida ijod qildilar. XX asrning 30—40-yillarida gumanistik ruhdagi dastlabki romanlar — „Paylin atirguli“, „Sopxat“ va boshqalar yozildi. Kambodja mustaqillikka erishgach, kxmer adiblari ittifoqi tashkil etildi. Tiu Ol, Xel Sumpxa, Suon Soren, Nop Savan va boshqa yozuvchilar muhim ijtimoiy-siyosiy mavzularda asarlar yaratdi. Folklor materiallarini toʻplash va ularni nashr etish ishlari olib borildi.

Meʼmorligi Eneolit va jez davrlaridagi dastlabki bino (ibodatxona)lar yogʻochdan, keyinroq toshdan, VI—VII asrlarda gʻishtdan qurilgan. Kxmerlarga xos turar joylar qoziqoyoqlarga oʻrnatilgan. VII asrdagi Sambor-Prey-Kuk ansambli kabi minorasimon ibodatxonalar — prasatlar barpo qilingan. IX asrda katta meʼmoriy majmualar va ehrom uslubidagi ibodatxonalar bunyod etildi. X asrda bino qurishda laterit va qumtosh ishlatildi, oʻymakorlik sanʼati rivojlandi. 9—12 asrlarda yaratilgan yodgorliklar mustahkamligi, yaxlitligi va oʻz davriga xosligi bilan ajralib turadi. 9—13 asrlarda meʼmorlik, ayniqsa, ravnaq topdi, serxasham ibodatxonalar va saroylardan iborat Angkor majmui bunyod etildi. Shu davrda 8 shaharda 1000 dan ortiq inshoot qurildi. Shahar markazlarida „togʻ-ehromlar“ qurish rasm boʻldi (Roluosdagi Prax-Ko, Banteay Srey va boshqalar). 14 asrdan saroy va ibodatxonalar tosh oʻrniga yogʻochdan qurila boshladi. XIX asrning 2-yarmidan shahar binolarini fransuz eklektikasi ruhida qurish avj oldi. Mustaqillik yillarida Pnompen, Kampongsaom va boshqa shaharlarda maʼmuriy, jamoat va uy-joy binolari temir-betondan mahalliy anʼanalar galereya, minora, nishabi tik tom)ni saqlagan holda, ayvonli va quyoshdan toʻsadigan qilib, zamonaviy uslubda solindi. Qishloq va shaharlarda koʻpchilik uylar sinchli va ayvonli qilib quriladi.

Tasviriy sanʼati