Oʻrgimchak-odam (inglizcha: Spider-Man) 2002-yili katta ekranlarga chiqarilgan superqahramonlar haqidagi filmdir. Columbia Pictures, Marvel Enterprises va Laura Ziskin Productions studiyalari tomonidan ishlab chiqarilgan hamda Sony Pictures Releasing tomonidan tarqatilgan. Film rejissori Sam Raimi boʻlib, u keyingi ikki filmga ham rejissorlik qilgan. Bosh rolni esa Tobey Maguire jonlantirgan.

Syujeti Maktabda oʻqib, fotografiyaga qiziqadigan oddiy Piter Parker ismli yigit yaqin doʻsti Harry Osborn va yoqtirgan qizi Mary Jane Watson bilan Columbia universiteti laboratoriyasiga ekskursiyaga boradi. Shunda Piterning qoʻlini oʻrgimchak tishlab oladi. Ertasi kuni uyqudan turgan Piter koʻrish qobiliyati yaxshilangani, kuchga toʻlib-toshgani va qoʻlidan oʻrgimchak toʻri chiqarishi mumkinligini payqaydi. Oʻzida kashf qilgan ushbu yangi qobiliyatni jinoyatchilarga qarshi qoʻllashga qaror qiladi. Shunday qilib, odamlar Oʻrgimchak-odam va uning yovuzlarga qarshi kurashishi haqida xabar topa boshlaydi.

Rollarda Tobey Maguire — Peter Parker / Oʻrgimchak-odam Willem Dafoe — Norman Osborn / Yashil goblin Kirsten Dunst — Mary Jane „MJ“ Watson James Franco — Harry Osborn Cliff Robertson — Ben Parker Rosemary Harris — May Parker

Musiqasi

Manbalar

Havolalar

Turkum:2002-yil filmlari Turkum:AQSh filmlari Turkum:Columbia Pictures filmlari Turkum:Ingliz tilidagi filmlar Turkum:Oʻrgimchak-odam haqidagi filmlar Turkum:Coming-of-age janridagi filmlar Turkum:Superqahramonlar haqidagi AQSh filmlari Turkum:AQSH ilmiy-fantastik filmlari Turkum:AQSh jangari filmlari Turkum:Sam Raimi filmlari