Pompei — Italiyaning janubidagi shahar, Campania viloyatida. Neapol qoʻltigʻi sohilida, Vezuviy vulkani etagida joylashgan. Aholisi 25 ming kishidan koʻproq, asosan, turistlarga xizmat koʻrsatish sohasida band. Mayda korxonalar, geofizika rasadxonasi bor. Shahar yaqinida Vezuviy vulkani otilishi natijasida vayron boʻlgan kad. Pompei qoddiqlari saqlangan. XVIII asrdan boshlab bu yerda kazish ishlari olib boriladi. K,azish natijasida shahar devorlari (miloddan avvalgi V—IV asrlar), forumlar (miloddan avvalgi VI—II asrlar), ibodatxonalar, bo-zorlar, turar joy va villalar (miloddan avvalgi III asr — milodiy I asr) ochilgan. Ular Rim im-periyasining xoʻjaligi, turmush tarzi, madaniyati, sanʼati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning muhim manbai hisobla-nadi. Turistlar koʻp keladi.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar

Havolalar Rasmiy sayti

Turkum:Alifbo boʻyicha aholi punktlari Turkum:Caserta provinsiyasi kommunalari