Mustaʼmin yoki mustaʼman () – tarixiy islomiy atama bo‘lib, musulmonlar yerlarida vaqtincha yashovchi, qisqa muddatli xavfsizlik kafolati („omonlik“) olgan hamda doimiy yashovchi gʻayrimusulmon fuqarolar ega boʻlgan huquqlardan foydalanadigan, biroq jizya soligʻini toʻlamaydigan musulmon boʻlmagan chet ellik shaxsni bildiradiKhadduri p. 163.
Savdogarlar, talabalar va boshqa guruhlarga omonlik (xavfsizlik kafolati) berilishi mumkin boʻlgan. Chet ellik elchilar va vakillar esa avtomatik ravishda himoya ostiga olingan.
Xavfsiz oʻtish turlari Qisqa muddatli xavfsizlik kafolati shaxsiy yoki umumiy boʻlishi mumkin: Shaxsiy xavfsizlik kafolati (xass) – aqli raso va voyaga yetgan har qanday musulmon tomonidan bir yoki bir guruh gʻayridin chet elliklarga (harbiylarga) berilishi mumkinYakoob, Mir p. 109.
Umumiy xavfsizlik kafolati (amm) – faqat xalifa yoki uning noibi tomonidan noma’lum sondagi chet elliklarga berilishi mumkin.
Bu kafolat „musta’min“ning oʻzi hamda uning voyaga yetmagan farzandlari va barcha ayol qarindoshlari uchun bir yilgacha boʻlgan muddatga amal qiladi. Koʻpgina hanbaliy huquqshunoslari xavfsizlik kafolati muddatini bir qamariy yilgacha deb belgilagan, boshqalari esa cheksiz muddatli xavfsizlik kafolati tarafdori boʻlishgan.
Huquqiy maqom Xavfsizlik kafolati berilgandan soʻng, musta’minlar savdo qilish va sayohat qilishda erkin boʻladi. Ularga oilasi va farzandlarini olib kelishiga ruxsat etiladi. Shuningdek, Makka va Madina kabi muqaddas shaharlardan tashqari musulmon hududidagi istalgan shaharga tashrif buyurish huquqiga ega boʻladilar. Musta’min erkakka dimmiy (doimiy yashovchi gʻayridin) ayolga uylanish va uni oʻz vataniga olib ketishga ruxsat berilgan, biroq musta’min ayollar bu huquqqa ega boʻlmaganYakoob, Mir p. 166. Musta’minlar oʻsha hududning fuqarolik va jinoiy qonunlariga boʻysungan hamda islom manfaatlariga zarar yetkazadigan tarzda biron ish qilishi yoki gapirishi mumkin boʻlmaganKhadduri p. 168. Agar shunday holatda qoʻlga tushsa, musta’min mamlakatdan haydalishi yoki qatl etilishi mumkin boʻladi, unga xavfsizlik kafolati bergan shaxs ham jazolanishi mumkin boʻlgan.
Yana qarang Zimmiy Zimmiylik Jizya
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:Islom atamalari