Ibrohim ibn Said as-Sahlīy () (11-asr) andalusiyalik globus ustasi boʻlib, 1050-yildan 1090-yilgacha faoliyt yuritgan.

Ibrohim ibn Said as-Sahlīy hozirgi Ispaniya hududidagi Valensiya va Toledo shaharlarida ishlagan hamda 1068-yilda yozilgan bir kitobda Andalusiyadagi matematika talabalarining roʻyxatida tilga olingan. Ibrohim ibn Said as-Sahlīy 1066-yilda Tulaytula (hozirgi Toledo, Ispaniya) shahrida osmondagi yulduzlarning holatini aniqlash uchun moʻljallangan „as-Sahliy astrolabiy“ asbobini yaratgan. U 1067-yildan 1086-yilgacha yana toʻrtta usturlob yasagan. Uning birinchi usturlobi oʻz davrida yasalgan boshqa usturloblarga oʻxshamaganligi, ish prinsipi oʻziga xosligi bilan ajralib turganMuseo Galileo. „Ibrâhim 'Ibn Saîd as Sahlì“. Catalogue of the Museo Galileoʻs Instruments on Display. catalogue.museogalileo.it.

Manbalar

Turkum:11-asr astronomlari