Bobo masjidi () — Xitoyning Sichuan provinsiyasi Langzhong shahridagi Panlong togʻida joylashgan masjid va Qodiriya tariqatiga mansub xitoylik soʻfiylar ziyoratgohi.

Masjid qurilishi Sin sulolasi davriga toʻgʻri keladi. 1996-yil 16-sentyabrda Sichuan provinsiyasining muhofaza qilinadigan madaniy meros obyekti maqomi berilgan. 2013-yilda esa inshoot Xitoyning milliy ahamiyatga ega tarixiy va madaniy yodgorliklari roʻyxatiga kiritilgan.

Yana qarang

Xitoydagi masjidlar roʻyxati

Eslatmalar

Manbalar

Havolalar

Turkum:Xitoydagi 17-asr masjidlari Turkum:Nanchongdagi binolar va inshootlar Turkum:Xitoydagi sunniy masjidlar