Sadruddinxon Azurda Dehlaviy (1804–1868) ulamosi, 1857-yilgi Hind qoʻzgʻoloni yetakchilaridan biri va Britaniya Raji davrida yashagan shoir edi. U Dehlida bosh muftiy boʻlib ishlagan va Britaniya hukumatiga qarshi qoʻzgʻolonda faol ishtirok etgan.

Faoliyati Dehlaviy Dehlidagi hadislarga oid eng yirik mutaxassislardan biri boʻlgan Shah Abdulazizdan va olim Fazl Imom Foruqiy Xayrabodiydan taʼlim olgan. Sadruddin Azurda Anglo-Oriental kollejida arab tili imtihonchisi boʻlib ishlagan va Xayrabadiy madrasasi hamda Rohimiy madrasasida shogird sifatida xizmat qilganBi, N., 2020. The Impact Of British Christian Missionaries On Indian Religious, Social And Cultural Life Between 1800 And 1857. With Particular Reference To The Role Of Missionaries In The Events Leading Up To The 1857 Mutiny. [online] Bradscholars.brad.ac.uk. Available at: <https://bradscholars.brad.ac.uk/handle/10454/6296 > [Accessed 19 June 2020].. U 19-asrda ilm al-hadis va ilm al-fiqh boʻyicha yetakchi mutaxassislardan biri ediMushtaq Ahmad, W., 1999. Development of Islamic Sciences in Kashmir. [online] Core.ac.uk. Available at: <https://core.ac.uk/download/pdf/144508749.pdf> [Accessed 19 June 2020]..

Sadruddinxon Azurda Dehlaviy 1827-yildan 1846-yilgacha Dehlida Sadr Amin, 1846-yildan 1857-yilgacha esa Sadrus Sudur, yaʼni Dehlining bosh muftiyi lavozimida boʻlgan. Sadruddin Azurdaning uylari qoʻzgʻolon yetakchilari, ulamolar, shoirlar va adabiy arboblar yigʻiladigan maskanlardan boʻlganSome Prominent Ulema of 1857 Revolt By Allama Yaseen Akhtar Misbahi, published by Darul Qalam Delhi..

Dehlidagi 30 nafar olim, jumladan, Rahmatulloh Kayrnaviy, Sadruddinxon Azurda, Sarfaroz Ali va Fazl Haq Xayrabodiy 1857-yil qoʻzgʻoloni jihod ekanini bildirgan bayonotga imzo chekishgan.

Ulamolar orasidagi mavqeiga koʻra, u koʻplab olimlarga taʼsir koʻrsatgan va ularning ichida qoʻzgʻolondagi eng yetakchi jangchilardan biri Mavlono Ahmadulloh Shoh Madrasiy edi. Madrasiy Hind qoʻzgʻolon harakatining asosiy yetakchilaridan boʻlib, u butun Aud mintaqasida qoʻzgʻolonlarni boshlab bergan.

U ingliz va Boburiy zodagonlari oʻrtasida vositachilik qilgan va qoʻzgʻolon paytida qoʻzgʻolonchilarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Bahodir Shoh Zafar bilan maslahatlar oʻtkazgan hamda fuqarolar urushining oldini olish uchun jihodchilar, saroy ahli va sipohlarni yarashtirishga harakat qilganIslahi, Abdur Rehman Pervaz, Mufti Sadruddin Hayat, Shakhsiyat, Ilm our Adabi Karname, published by Maktaba Jamia Delhi, 1977 available at https://www.rekhta.org/ebooks/mufti-sadruddin-aazurda-hayat-shakhsiyat-ilmi-aur-adabi-karname-abdur-rahman-parwaz-islahi-ebooks/.

U 1857-yil qoʻzgʻolonidagi ishtiroki uchun sud qilindi va mulki musodara etildi. Oʻzi ham shoir boʻlgan muftiy Sadruddin „Azurda“ Gʻolibning yaqin tanishi va muxlisi sifatida tanilgan edi.

Sayyid Ahmadxon uni yuksak darajali olim deb hisoblagan" Aasaarus Sanaadid" (P 524). Hakim Abdulhay Raye Barelviy esa uni ilmiy yutuqlari va mahoratiga teng keladigani boʻlmagan, Hindiston faxri deb ataganGul-i Raʼna, P 227, Azamgadh).

Manbalar

Turkum:1804-yilda tugʻilganlar Turkum:1868-yilda vafot etganlar Turkum:Hind shoirlari