Rudolf „Rudi“ Dassler (1898-yil 26-mart — 1974-yil 27-oktyabr) — nemis etikdoʻzi, ixtirochi va tadbirkor. U Puma sport kiyimlari kompaniyasiga asos solgan.

Rudolf 1898-yil 26-martda Herzogenaurach shahrida tugʻilgan. Rudi Adidas asoschisi Adolf „Adi“ Dasslerning akasi edi. Aka-ukalar Adolf asos solgan „Dassler aka-ukalar poyabzal fabrikasi“ kompaniyasida hamkor boʻlib ishlagan. Rudolf 1924-yilda kompaniyaga qoʻshilgan. Biroq, Ikkinchi jahon urushidan keyin ular oʻrtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan. Natijada ular 1948-yilda ajralib, har biri oʻz kompaniyasini tashkil etgan.

Dastlab Rudolf yangi kompaniyasini „Ruda“ (Rudolf Dassler ismining qisqartmasi) deb atagan, biroq koʻp oʻtmay uning nomi hozirgi Puma nomiga oʻzgartirilgan. Puma — kechua tilida cougar maʼnosini bildiradi va keyinchalik nemis tili hamda boshqa tillarga ham kirib borgan.

Hayoti

Birinchi jahon urushidan qaytgach, Rudolfning ukasi Adolf Dassler onasining oshxonasida sport poyabzallarini ishlab chiqarishni boshlagan. Poyabzal fabrikasida ishlagan otasi Christoph hamda temirchilik ustaxonasida yugurish poyabzallari uchun tikanlar tayyorlagan Zehlein Adolfga oʻz biznesini yoʻlga qoʻyishiga yordam bergan. 1924-yil 1-iyulda Rudolf ham biznesga qoʻshilgan va natijada Herzogenaurach shahridagi „Gebrüder Dassler, Sportschuhfabrik, Herzogenaurach“ (Dassler aka-ukalar sport poyabzali fabrikasi) tashkil etilgan.

Adolf Hitlerning 1930-yillarda hokimiyatga kelishi bilan aka-uka Dasslerlarning ikkalasi ham Milliy sotsialistik nemis ishchilar partiyasiga aʼzo boʻlgan. Rudolf ulardan koʻra ashaddiyroq natsist sifatida tilga olinadi.

Rudolf boshqaruvi davrida Puma kichik mahalliy kompaniya boʻlib qolgan. Faqat uning oʻgʻli Armin Dassler rahbarlik qilganidan keyingina kompaniya bugungi kundagi jahonga mashhur brendga aylangan.

Vafoti

Rudi Dassler 1974-yil 27-oktyabrda 76 yoshida oʻpka saratoni oqibatida vafot etganhttps://www.telegraph.co.uk/news/worldnews/europe/germany/6215542/Adidas-and-Puma-bury-the-hatchet-after-60-years-of-brothers-feud.html.

Manbalar

Turkum:Germaniya milliarderlari