Minyo muhofazasi (, Muḥāfẓet El Minya) — Misr muhofazalaridan biri. Maʼmuriy markazi — Minyo shahri Nil daryosining chap qirgʻogʻida joylashgan.

Etimologiyasi Bu nom muhofazaning bosh shahri nomidan kelib chiqqan boʻlib, shahar dastlab sahid qibtiy tilida Tmoone, bohair qibtiy tilida esa Thmonē deb atalgan. Bu soʻzlar „turar joy“ yoki „qarorgoh“ maʼnosini anglatib, hududda ilgari mavjud boʻlgan monastirga ishora qiladi. Shuningdek, nom shaharning qadimgi misrcha Menʼat Khufu nomidan kelib chiqqan boʻlishi ham mumkin.

Tavsifi Umumiy aholisi deyarli 6 million kishini tashkil etuvchi ushbu muhofazada qashshoqlik darajasi 60 foizdan yuqori. Yaqinda hukumat ijtimoiy himoya tizimlari orqali, xususan, nogironligi boʻlgan aholiga moliyaviy yordam koʻrsatish hamda ular va boshqalar uchun ish oʻrinlarini yaratish orqali maʼlum darajada koʻmak berdi. Ushbu mablagʻlar mamlakat Moliya vazirligi tomonidan xalqaro tashkilotlar koʻmagida muvofiqlashtirildi.

Maʼmuriy boʻlinishi Muhofaza munitsipal boʻlinmalarga ajratilgan boʻlib, 2024-yil yanvar holatiga koʻra umumiy taxminiy aholi soni 6 453 892 kishini tashkil etadi.

+ Munitsipal boʻlinmalari Oʻzbekcha nomi Asl nomi Arabcha transliteratsiyasi Aholisi(2023-yil yanvar tax.) TuriAbu Qirqas 684,612 Markaz Al-Idva 281,729 MarkazMinyo 762,530 MarkazMinyo 1 56,487 Qism (toʻliq shahar)Minyo 2 130,622 Qism (toʻliq shahar)Minyo 3 107,907 Qism (toʻliq shahar) Beni Mazar 639,122 Markaz Dayr Mavos 466,443 Markaz Yangi Minyo 18,173 Qism (toʻliq shahar) Magʻogʻa 596,474 MarkazMallavi 839,418 MarkazMallavi 221,185 Qism (toʻliq shahar) Matoy 364,183 Markaz Samolut sharq 359,601 Markaz Samolut gʻarb 547,908 Markaz

Shaharlari va shaharchalari 2018-yil holatiga koʻra, Minyodagi 10 ta shahar (yoki shaharcha)da aholi soni 15 000 nafardan oshgan.

+ 15 000 dan ortiq aholiga ega shaharlar va shaharchalar Oʻzbekcha nomi Asl nomi Arabcha transliteratsiyasi Aholini roʻyxatga olish (1996-yil noyabr) Aholini roʻyxatga olish (2006-yil noyabr) Aholisi(2017-yil iyul taxm.) Abu Qirqas 50,031 57,892 78,134 Al-Idva 13,553 15,875 22,583 Minyo 201,440 236,043 245,478 Yangi Minyo 68 4,567 15,122 Beni Mazar 52,690 79,553 100,201 Dayr Mavos 33,197 40,640 52,658 Magʻogʻa 60,405 75,657 102,328Mallavi 119,285 139,929 184,048 Matoy 36,953 46,903 71,263 Samolut 75,437 91,475 122,919

Aholisi 2024-yilgi aholi soni boʻyicha taxminlarga koʻra, muhofaza aholisining aksariyati qishloq joylarda istiqomat qiladi; urbanizatsiya darajasi esa atigi 18,9 foizni tashkil etadi. Muhofazada yashovchi taxminan 6 453 892 kishidan 5 234 106 nafari qishloq hududlarida, 1 219 786 nafari esa shahar hududlarida istiqomat qiladi.

Milliy bayrami Minyo muhofazasi milliy bayrami 18-mart kuni nishonlanadi. Bu sana 1919-yil 18-martda Dayr Mavosda britaniyaliklar tomonidan qatl etilganlarni xotirlashga bagʻishlangan; oʻshanda bir guruh qishloq aholisi ingliz askarlarini olib ketayotgan poyezdga hujum qilgan.

Sanoat zonalari Investitsiyalar va erkin zonalar boʻyicha boshqaruv organi (GAFI) maʼlumotlariga koʻra, Asvonda quyidagi sanoat zonalari joylashgan: Sanoat zonasiAl-Metahra sanoat zonasiYangi Minyo sanoat zonasiVodiy as-Sararya

Iqtisodiyoti

Minyo muhofazasi muhim qishloq xoʻjaligi va sanoat hududi hisoblanadi. Asosiy qishloq xoʻjaligi ekinlari qatoriga shakarqamish, paxta, loviya, soya, sarimsoq, piyoz, turli sabzavotlar, pomidor, kartoshka, tarvuz va uzum kiradi. Mahalliy sanoatning yetakchi tarmoqlari qatoriga oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash (ayniqsa, shakar ishlab chiqarish hamda piyozni quritish va maydalash), paxta yigiruv va toʻqimachilik, parfyumeriya, yogʻ-moy mahsulotlari, sement ishlab chiqarish, konchilik (ayniqsa, ohaktosh qazib olish) va gʻisht ishlab chiqarish kiradi.

Muhim joylari Exnaton (Amorna) Dehenet (Akoris yoki Tihna al-Jabal) Ansena (Antinoöpolis yoki Shayx Iboda) Bani Hasan Dayr al-Barsha Ash-Shayx Sayid Fraser qabrlari Hatnub Hebenu (Kom al-Ahmar) Herwer (Hur) Xmun (Hermopolis Magna yoki al-Ashmuneyn) Per Majid (Oxyrhynchus yoki al-Bahnasa) Sharuna (al-Kom al-Ahmar Sawaris) Speos Artemidos (Istabl Antar) Tuna al-Jabal Zawyet al-Maiyitin

Monastirlari Avliyo Fana monastiri, Mallavi yaqinida

Mashhur kishilari Hoda Shaarawi, ayollar huquqlari faoli Abdulhakim Amir, harbiy general Ahmed Sayid, futbolchi Exnaton, 18-sulola firʼavni Akram Habib, injilshunos va ijtimoiy faol Hakim, folklor qoʻshiqchisi Xeops, 4-sulolaning ikkinchi firʼavni Luis Awad, yozuvchi va mutafakkir Mariya al-Qibtiya, Muhammadning rafiqasi Sano Gamil, aktrisa Suzanne Muborak, Misrning sobiq birinchi xonimi Toha Husayn, yozuvchi va mutafakkir Mervat Amin, aktrisa Ahmad Hasan, Misr milliy futbol terma jamoasi sobiq kapitani

Statistika Umumiy maydoni: 32,279 km². Misr hududidagi ulushi: 3,2%. Aholisi: taxminan 6,3 million Aholi zichligi: 115 kishi/km² Qishloq aholisi: Misr umumiy aholisidagi ulushi: 5,1% Aholi sonining oʻsish sur’ati: Minyo muhofazasining maʼmuriy boʻlinishi: 9 ta aholi punkti, 57 ta mahalliy maʼmuriy birlik, 346 ta kichik qishloq va 1429 ta juda kichik qishloq.

Manbalar

Havolalar

El Wattan News of Minya Governorate Minya University web page. The Egyptian Tourist Authority — ETA

Turkum:Misr muhofazalari