Daniel Miguel Alves Gomes (koʻproq Danni nomi bilan tanilgan; 1983-yil 7-avgustda tugʻilgan) — portugaliyalik sobiq professional futbolchi, hujumkor yarim himoyachi sifatida toʻp tepgan. Shuningdek, vinger sifatida ham oʻynagan futbolchi oʻzining dribling mahorati va hal qiluvchi uzatmalari bilan tanilgan.

Danny 21 yoshida „Sporting CP“ klubiga oʻtgan, keyinchalik faoliyatining asosiy qismini Rossiyada Moskvaning „Dinamo“ va Sankt-Peterburgning „Zenit“ klublarida oʻtkazdi. U „Zenit“ safida yettita sovrinni, jumladan, 2008-yilgi UEFA Superkubogi hamda uch marta Rossiya Premyer-ligasi chempionligini qoʻlga kiritgan.

Danny 2010-yilgi Jahon chempionati va 2004-yilgi Olimpiada oʻyinlarida Portugaliya sharafini himoya qilgan.

Terma jamoadagi faoliyati

Danny Portugaliya terma jamoasidagi debyutini 2008-yil 20-avgust kuni Farer orollariga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida oʻtkazgan; oʻshanda Portugaliya jamoasi oʻz maydonida 5:0 hisobida gʻalaba qozongan. U milliy terma jamoadagi ilk golini 19-noyabr kuni Braziliyaga qarshi oʻyinda hisobni ochgan holda kiritgan, ammo yakunda mezbonlar irodali gʻalabaga erishib, 6:2 hisobida ustun kelgani bois bu gol jamoaga quvonch keltirmagan.

2004-yilda Afinada boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiada oʻyinlarida Portugaliya safida toʻp surib, guruh bosqichidayoq musobaqani tark etgan hamda 21 yoshgacha boʻlganlar terma jamoasida muntazam maydonga tushgan Danny 2010-yili Janubiy Afrikada oʻtkazilgan FIFA Jahon chempionati uchun terma jamoa qaydnomasiga kiritilgan. Danny Portugaliya 1/8 finalda musobaqadan chiqib ketguniga qadar mazkur turnirda uchta oʻyinda qatnashgan, jumladan, guruh bosqichida Braziliya bilan 0:0 hisobida yakunlangan bahsda toʻliq 90 daqiqa harakat qilgan.

UEFA Yevro-2012 saralash bosqichida murabbiylar Carlos Queiroz va Paulo Bento Dannydan muntazam ravishda foydalanishgan. 2010-yil 3-sentyabrda u Guimarães shahridagi „Afonso Henriques“ stadionida autsayder Kipr terma jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda (4:4) gol urib, hisobni terma jamoasi foydasiga 4:2 koʻrinishiga keltirgan. Biroq u jiddiy jarohat tufayli Polsha va Ukrainada boʻlib oʻtgan final bosqichini oʻtkazib yuborgan; shuningdek, jismoniy muammolar sababli 2016-yilgi turnir qaydnomasiga ham kiritilmagan.

Umumiy hisobda Danny terma jamoa safida toʻliq 38 ta uchrashuv oʻtkazgan.

Shaxsiy hayoti Petra Gomes bilan oila qurgan Dannyning Bernardo va Francisco ismli egizak oʻgʻillari hamda Emili ismli qizi bor. Ikkala oʻgʻli ham „Zenit“ yoshlar jamoasida toʻp surgan boʻlib, Danny 2018-yilda Maritimu klubiga qaytganidan soʻng „Maritimu“ akademiyasiga oʻtishgan va keyinchalik professional darajada ushbu klub sharafini himoya qilishgan.

Yutuqlari Sporting CP

Supertaça Cândido de Oliveira: 2002 Zenit

Rossiya Premyer-ligasi: 2010, 2011–12, 2014–15 Rossiya kubogi: 2009–10, 2015–16 Rossiya Superkubogi: 2011 UEFA Superkubogi: 2008 Slavia Praga

Chexiya kubogi: 2017–18

Shaxsiy yutuqlari

Rossiyada yilning eng yaxshi futbolchisi („Sport-Ekspress“): 2010 Rossiyada yilning eng yaxshi futbolchisi („Futbol“): 2010

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Portugaliyalik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Primeira Liga futbolchilari Turkum:Segunda Divisão oʻyinchilari Turkum:C.S. Marítimo futbolchilari Turkum:Sporting CP futbolchilari Turkum:Sporting CP B futbolchilari Turkum:Rossiya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Dinamo Moskva klubi futbolchilari Turkum:FC Zenit Saint Petersburg futbolchilari Turkum:Chexiya birinchi ligasi futbolchilari Turkum:SK Slavia Prague futbolchilari Turkum:Portugaliyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Rossiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Chexiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Portugaliya yoshlar terma jamoasi futbolchilari Turkum:Portugaliya U21 terma jamoasi futbolchilari Turkum:Portugaliya B milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Portugaliya terma jamoasi futbolchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2010 oʻyinchilari Turkum:Portugaliya olimpiya futbolchilari Turkum:2004-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlari futbolchilar