Avliyo Ioann (; ) — sobiq yunon pravoslav cherkovi. 1850-yilda hozirgi Turkiyaning gʻarbiy qismidagi Balıkesir viloyati Ayvalık shahrida qurilgan. Mahalliy aholi bu shaharni Kydonies deb atagan, oʻsha davrda uning aholisi, asosan, yunonlardan iborat boʻlgan. 1912–1923-yillarda yunonlar genotsidi davrida mahalliy yunonlarning qirgʻin qilinishi, undan keyin tirik qolganlarning zoʻravonlik bilan hududdan quvib chiqarilishi ortidan bino 1928-yilda sunniylik masjidiga aylantirilgan.

Cherkov masjidga aylantirilgach, dastlab Bozor masjidi (Çarşı Camii) deb nomlangan. Binoning mahalliy yunonlar tomonidan bunyod etilgan qoʻngʻiroq minorasi saqlab qolingan. Biroq cherkovdagi tarixiy ikonalar olib tashlangan, badiiy freskalarning ustidan boʻyab yuborilgan.

1944-yilgi zilzila oqibatida minoraning tepa qismi vayron boʻlib, keyinchalik soat minorasiga aylantirilgan va shu sababli Soatli masjid (Saatli Camii) nomi bilan tanila boshlagan. 2003-yil sentyabr oyida yuz bergan boʻron natijasida minora cherkov ustiga qulab tushib, tarixiy gumbazgaiga zarar yetkazgan.

375 m² maydonni egallagan cherkovning balandligi 24 metr boʻlib, Ayvalık tumanidagi ikkinchi eng katta masjid hisoblanadi. Uning yonida qurilgan minora esa 44 metr balandlikka ega.

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:Turkiyadagi masjidlar