Aliaksandra Herasimenia Medallarga boy sportchilik faoliyatidan soʻng, jumladan, 2012-yilgi Jahon chempionatida oltin va 2012-yilgi London Olimpiadasida kumush medalni qoʻlga kiritganidan keyin, u Belarusdagi Lukashenko rejimining tanqidchisiga aylandi va hozirda Polshada muhojirlikda yashaydi .
Suzishdagi faoliyati
U ikki karra Olimpiya kumush medali sohibasi boʻlib, 2012-yilgi London Olimpiadasida 50 metr erkin usul va 100 metr erkin usul bahslarida ikkinchi oʻrinni egallagan. Shuningdek, u 2016-yilgi Rio-de-Janeyro Olimpiadasida 50 metr erkin usul bahsida Olimpiya bronza medali sohibasi boʻlgan.
Herasimenia 2011-yilgi Shanxay jahon chempionatida 100 metr erkin usul bahsida jahon chempioni boʻlgan. 2012-yilgi Istanbul jahon chempionati (25 metrli basseyn)da esa 50 metr erkin usul bahsida oltin medalni qoʻlga kiritgan.
U 2010-yilgi Budapesht Yevropa chempionatida 50 metr chalqancha suzish boʻyicha Yevropa chempioni boʻlgan. Shuningdek, u 2009-yilgi Belgrad, 2011-yilgi Shenchjen va 2013-yilgi Qozon Universiadalarida ketma-ket uch marta 50 metr erkin usul boʻyicha chempionlikni qoʻlga kiritgan.
2003-yilda norandrosteron uchun topshirgan testi ijobiy chiqqani sababli ikki yillik diskvalifikatsiyaga uchraganiga qaramay , Herasimenia qaytib kelib, Yevropa va jahon chempionatlarida oltin medallarni qoʻlga kiritdi.
2011-yilgi jahon chempionatida u |100 metr erkin usul bahsida oltin medalni qoʻlga kiritdi. U Daniya vakili Jeanette Ottesen bilan bir xil — 53,45 soniyalik natijani qayd etdi. 2012-yilgi yozgi Olimpiadada u 50 metr va 100 metr erkin usul bahslarida kumush medallarni qoʻlga kiritdi.
Belarusdagi siyosiy faoliyati
2020-yilgi Belarus norozilik namoyishlari davomida Herasimenia National Anti-crisis Management tarkibida yoshlar va sport masalalari uchun mas’ul boʻlgan. Ushbu tashkilot Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan 2020-yilgi Belarus prezidentlik saylovidan soʻng hokimiyatni tinch yoʻl bilan topshirishni taʼminlash maqsadida tuzilgan muqobil hukumat edi.
Herasimenia siyosiy qarashlari sabab qamoqqa olingan yoki sportdan chetlashtirilgan sportchilarni qoʻllab-quvvatlovchi Belarusian Sport Solidarity Foundation (BSSF) tashkilotining asoschilaridan biridir. 2021-yil aprel oyida u tashkilot faoliyati va yuridik xarajatlarni moliyalashtirish uchun 2012-yilgi jahon chempionatida qoʻlga kiritgan oltin medalini sotuvga qoʻydi. Bunga Belarus hukumati tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda hukumatni tanqid qilgani uchun unga nisbatan jinoiy ish ochilgani sabab boʻlgan.
U Tokio Olimpiadasida murabbiylarni tanqid qilgani uchun Belarusga majburan qaytarib yuborilishi xavfi ostida qolgan belaruslik sprinter Krystsina Tsimanouskayani qoʻllab-quvvatlaganlardan biri boʻlgan. Herasimenia Tsimanouskayaga yordam berish uchun bir qator Yevropa elchixonalariga murojaat qilgan.
2022-yil mart oyida Herasimenia Belarus hukumatining Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishidagi ishtirokiga qarshi ekanini bildirdi: „Ukraina hech qachon bizning dushmanimiz boʻlmagan, u bizning qardosh xalqimiz“ .
2022-yil 26-dekabrda Herasimenia Minsk shahar sudi tomonidan sirtdan 12 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
Izohlar
Manbalar
Tashqi havolalar
https://www.worldaquatics.com/ https://www.swimrankings.net/ https://www.olympedia.org/ https://www.olympics.com/