Filadelfiya sanʼat muzeyi dastlab 1876-yilda Filadelfiyadagi Yuz yillik ko‘rgazma uchun charter qilingan sanʼat muzeyi hisoblanadi. Muzeyning asosiy binosi Fairmount tepaligida 1928-yilda qurib bitkazilgan. Muzeyda 240 000 dan ortiq buyumlar, shu jumladan Yevropa, Amerika va Osiyoga oid yirik fondlar mavjud boʻlgan kolleksiyalar mavjud. Sanʼatning turli sohalari: haykaltaroshlik, rasmlar, bosma nashrlar, chizmalar, fotosuratlar, zirhlar va dekorativ sanʼat turlariga aloqador sanʼat asarlari muzeydan oʻrin olgan.

Filadelfiya sanʼat muzeyi bir nechta qoʻshimcha binolarni, jumladan, Benjamin Franklin Parkwayda joylashgan Rodin muzeyini hamda asosiy binoning shimolida, koʻchaning narigi tomonida joylashgan Rut va Raymond G. Perelman binosini boshqaradi. 2007-yilda ochilgan Perelman binosida 150 000 dan ortiq bosma nashrlar, chizmalar va fotosuratlar, 30 000 ta libos va toʻqimachilik namunalari hamda 1 000 dan ortiq zamonaviy dizaynga oid artefaktlar, jumladan mebel, keramika va shisha buyumlari saqlanadi.

Muzeyda har yili bir nechta maxsus koʻrgazmalar, jumladan, Amerika Qoʻshma Shtatlari va xorijdagi boshqa muzeylar bilan hamkorlikda tashkil etiladigan sayyor koʻrgazmalar oʻtkaziladi . 2021-yilda muzeyga 437 348 kishi tashrif buyurgan. Muzeyning hozirgi direktori — Daniel H. Weiss.

Manbalar

Turkum:Muzeylar