Umumiy koʻrinish effekti () — ayrim astronavtlar koinotdan Yerni kuzatish vaqtida boshdan kechiradigan kognitiv o‘zgarish holatidir Kognitiv oʻzgarish — insonning idrok qilishi, fikrlashi yoki dunyoqarashida yuz beradigan oʻzgarishStepanova, Ekaterina R.; Quesnel, Denise; Riecke, Bernhard E. Understanding AWE: Can a Virtual Journey, Inspired by the Overview Effect, Lead to an Increased Sense of Interconnectedness?. Frontiers in Digital Humanities, 2019..
Tadqiqotchilar ushbu hodisani „oʻzlikdan tashqariga chiqish xususiyatlariga ega boʻlgan, ayniqsa taʼsirchan vizual taʼsir natijasida yuzaga keladigan hayrat holati“ sifatida tavsiflagan.Yaden, David B.; Iwry, Jonathan; Slack, Kelley J.; Eichstaedt, Johannes C.; Zhao, Yukun; Vaillant, George E.; Newberg, Andrew B. The Overview Effect: Awe and Self-Transcendent Experience in Space Flight. Psychology of Consciousness: Theory, Research, and Practice, 3(1), 2016, 1–11. Yerning koinotdan shaxsan kuzatilishida eng koʻp uchraydigan jihatlar — uning goʻzalligini qadrlash, kutilmagan va baʼzan kuchli hissiyotlarni boshdan kechirish hamda boshqa insonlar va butun Yer sayyorasi bilan bogʻliqlik hissining kuchayishidir.
Ushbu holat kuzatuvchining o‘zlik konsepsiyasi va qadriyatlar tizimida oʻzgarishlarga olib kelishi hamda uning dunyoqarashiga chuqur taʼsir koʻrsatishi mumkin. Shuningdek, Yerda qolgan ishtirokchilarda umumiy koʻrinish effektini yuzaga keltirishga urinish maqsadida immersiv virtual reallik simulyatsiyalari ishlab chiqilganGallagher, Shaun et al. Virtual reality and the overview effect. 2015..
Manbalar
Izohlar