Yomg`ir - bu atmosferadagi suv bug`ining kondensatsiyalanishi va gravitatsiya ta'sirida yerga tushish darajasida og`irlashadigan tomchi shaklidagi suyuq suv. Yomg`ir yog`ishi chuchuk suvning katta qismini Yer yuzida saqlab qolishga xizmat qiladigan jarayondir. Tomchining diametri 0.5 mmdan katta bo`ladi, odatdagi yomg`ir tomchilari 1-2 mm atrofida bo`ladi. Diametri 0.5 mmdan kichik suv zarrachalari - shudring yoki bulut zarrachalari deb yuritiladi.
Ba'zi hollarda yomg`ir tomchilari yerga yetib bormasdan butunlay bug`lanib ketadi. Bunday yog`ingarchilik holati yog`inpar deb ataladi.
Sun'iy yomg`ir hosil qilish qurg`oqchilikning oldini olish maqsadida mavjud bulutlarga sun'iy kondensatsiyalovchi yadrolarni maxsus havo kemalari orqali yuborishga urinishdir. Bulutning fizik xossalariga ko`ra quruq muz, kumush yodid yoki tuz kukuni kabi katalizatorlarni bulutga sepish (ekish) orqali yomg`ir yog`dirish yoki yog`ingarchilikni ko`paytirish mumkin.
1946-yili amerikalik olimlar Vinsent Shafer va Bernard Vonnegut General Electric kompaniyasidagi tadqiqotida quruq muz orqali bulut ekishdi va birinchi sun'iy qor yog`ishini kuzatishdi. Hozirda 50-56 davlat, jumladan O`zbekiston, sun'iy yomg`ir hosil qilish bilan faol ravishda shug`illanib kelmoqda.
O`zbekistonda dastlabki sun'iy yomg`ir amaliyotini 2025-yil aprel oyida Qozog`istonning Iqlim O`zgarishi Xalqaro Markazi bilan hamkorlikda amalga oshirdi. Qurilma Navoiy viloyatining Konimex tumaniga joylashtirigan. Hukumat qarori bilan 2026-yil 1-martdan boshlab sun'iy yomg`ir bo`yicha kengaytirilgan tajriba loyihasi rasman ishga tushirilgan. Ekologiya va Iqlim O`zgarishi bo`yicha Milliy Qo`mita boshchiligidagi loyiha yog`ingarchilikni tabiiy ko`rsatkichlarga nisbatan 10-20% ga ko`tarishni maqsad qilgan.