Tyna Barinaga (Tony Barinaga; 1946-yilda tugʻilgan) — amerikalik sobiq badminton oʻyinchisi. Tyna 1960-yillarning oʻrtalaridan 1970-yillarning boshlarigacha milliy va xalqaro unvonlarni qoʻlga kiritgan. 1964-yilda Barinaga va uning Port-Anjelaslik sherigi Caroline Jensen (Hein) AQSh ochiq chempionatining ayollar oʻrtasidagi juftlik bahslarida gʻolib chiqqan birinchi oʻsmir jamoaga aylanishgan. Ular keyingi yili Kanada ochiq chempionatining ayollar juftlik bahslarida ham gʻalaba qozonishgan. Barinaga 1966-yilda AQSh ochiq chempionatida aralash juftlik chempionligini qoʻlga kiritgan. 1968-yilda esa xuddi shu turnirda ham yakka, ham juftlik bahslarida gʻolib chiqqan. Sportchining soʻnggi toʻliq musobaqa mavsumi boʻlmish 1969–1970-yillar uning faoliyatidagi eng yaxshisi boʻlgan. Buyuk Britaniyada bir qator unvonlarni qoʻlga kiritgach, u AQSh chempionatida barcha uchta yoʻnalishda (yakka, juftlik va aralash juftlik) gʻolib chiqqan. Shuningdek, Kanada ochiq chempionatida ayollar oʻrtasidagi yakkalik bahslarida gʻolib boʻlgan"1970 the Canadian open", Badminton USA, May 1970, 10.. Barinaga AQShning uchta Uber Cup jamoasi (1963, 1966, 1969-yillar) aʼzosi boʻlgan. Ushbu jamoalarning birinchisi ayollar oʻrtasidagi jahon chempionligini saqlab qolganHerbert Scheele ed., The International Badminton Federation Handbook for 1971 (Canterbury, Kent, England: J. A. Jennings Ltd., 1971) 90,97.. U 2003-yilda AQSh badminton shon-shuhrat zaliga kiritilgan.

Yutuqlari Xalqaro turnirlar (7 ta unvon, 9 ta ikkinchi oʻrin) Ayollar oʻrtasidagi yakkalik Yil Turnir Raqib Hisob Natija1964 AQSh ochiq chempionati Dorothy O'Neil 11–12, 2–11 Ikkinchi oʻrin1968 AQSh ochiq chempionati Dorothy OʻNeil 11–2, 11–6 Gʻolib1968 Kanada ochiq chempionati Sharon Whittaker 5–11, 8–11 Ikkinchi oʻrin1970 AQSh ochiq chempionati Etsuko Takenaka 5–11, 9–12 Ikkinchi oʻrin1970 Kanada ochiq chempionati Margaret Boxall 11–3, 11–4 Gʻolib

Ayollar oʻrtasidagi juftlik Yil Turnir Sherik Raqib Hisob Natija1964 AQSh ochiq chempionati Caroline Jensen Lois Alston Doris Haase 15–11, 15–4 Gʻolib1965 Kanada ochiq chempionati Caroline Jensen Margaret Barrand Jennifer Pritchard 15–8, 15–10 Gʻolib1965 Mexico International Helen Tibbetts Janice DeZort Dorothy O'Neil 15–4, 15–2 Gʻolib1966 Kanada ochiq chempionati Caroline Jensen Judy Hashman Sue Peard 8–15, 17–14, 12–15 Ikkinchi oʻrin1967 AQSh ochiq chempionati Caroline Jensen Judy Hashman Rosine Jones 15–8, 11–15, 8–15 Ikkinchi oʻrin1968 AQSh ochiq chempionati Helen Tibbetts Lois Alston Doris Haase 4–15, 15–8, 15–12 Gʻolib1969 AQSh ochiq chempionati Helen Tibbetts Minarni Retno Koestijah 6–15, 6–15 Ikkinchi oʻrin1970 Kanada ochiq chempionati Caroline Hein Margaret Boxall Susan Whetnall 5–15, 15–5, 13–15 Ikkinchi oʻrin

Aralash juftlik Yil Turnir Sherik Raqib Hisob Natija1966 AQSh ochiq chempionati Wayne Macdonnell Rolf Paterson Marjory Shedd 15–12, 15–10 Gʻolib1968 AQSh ochiq chempionati Jim Poole Larry Saben Carlene Starkey 3–15, 9–15 Ikkinchi oʻrin1968 Kanada ochiq chempionati Channarong Ratanaseangsuang Sangob Rattanusorn Lois Alston 11–15, 7–15 Ikkinchi oʻrin

Manbalar