Abu Sufyon ibn al-Horis ibn Abdulmuttalib (), asl ismi al-Mugʻira () dastlab payg‘ambar Muhammadning dushmani boʻlgan, keyinchalik Makka fathidan soʻng paygʻambarning sahobasiga aylanganabdalmalik ibn Hisham. Notes to Ibn Ishaq’s Sirat Rasool Allah. Translated by Guillaume, A. (1955). The Life of Muhammad, p. 740 note 385. Oxford: Oxford University Press..
Yoshlik davri Abu Sufyon Horis ibn Abdulmuttalibning oʻgʻli boʻlganMuhammad ibn Jarir al-Tabari. Tarikh al-Rusul waʼl-Muluk. Translated by Landau-Tasseron, E. (1998). Volume 39: Biographies of the Prophetʼs Companions and Their Successors, p. 21. Albany: State University of New York Press.. Halima bint Abu Zuayb Abu Sufyonning bir necha kun emizgan sut onasi edi. Shu tariqa u paygʻambar Muhammadning emikdosh ukasi boʻlgan.
U amakivachchasi Jumona bint Abu Tolibga uylangan va Jaʼfar ismli oʻgʻil koʻrganMuhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir, vol. 8. Translated by Bewley, A. (1995). The Women of Madina, pp. 35-36. London: Ta-Ha Publishers.. Abu Sufyon, shuningdek, boshqa bir amakivachchasi Ummu Amr bint al-Muqavvim bilan ham oila qurgan va ularning Atika ismli qizi boʻlgan. Atika keyinchalik Abu Sufyonning jiyani Abdulmuttalibga (Rabi’a ibn al-Horisning oʻgʻli) turmushga chiqqan qiz bilan ayni bir inson boʻlishi mumkinMuhammad ibn Umar al-Waqidi. Kitab al-Maghazi. Translated by Faizer, R. (2011). The Life of Muhammad. London & New York: Routledge..
Islomga qarshiligi Abu Sufyon va Muhammad paygʻambar yoshlikda yaqin doʻst boʻlishgan, ammo 610-yilda Muhammad oʻzini paygʻambar deb eʼlon qilishi bilan Abu Sufyon unga adovat bilan munosabatda boʻla boshlagan. Keyinchalik Abu Sufyon oʻzining bu ishini shunday izohlagan: „Biz oliyjanob kishilardan tashkil topgan bir jamoa, xalq orasida yashardik. Men aql-idroki teran, mulohazali kishilarning fazilatlarini koʻrib ulgʻayganman. Ular togʻ dovonidan oshib oʻtishdi, biz ham ularga ergashdik. Keyin esa obroʻ-eʼtiborli va yoshi ulugʻ kishilar Muhammadga qarshi chiqa boshladilar. Ular oʻz xudolarini himoya qildilar, ota-bobolarining dinini asradilar, biz ham ularga ergashdik“.
U 20 yil davomida paygʻambarga dushmanlik qilgan. Quraysh ahli har safar paygʻambar Muhammadga qarshi jangga otlanganda Abu Sufyon ham bu yurishlardan chetda qolmagan. U mushriklar safida Badr jangida ishtirok etgan. Jangda mushriklar magʻlubiyatga uchragani haqidagi xabarni Makkaga yetkazgan kishilardan biri ham aynan Abu Sufyon edi. U amakisi Abu Lahabga shunday degan edi: „Biz qarshi tomon bilan toʻqnashganimiz zahoti ortga chekindik. Ular istaganlaricha biznikilarni oʻldirib, asirga ola boshladilar. Allohga qasamki, buning uchun ularni ayblamayman. Biz osmon bilan yer oraligʻida chipor otlarga mingan oq kiyimli kishilarni koʻrdik. Allohga qasamki, ular hech kimni ayab oʻtirmadilar va ularga hech kim qarshilik koʻrsata olmadi“Muhammad ibn Ishaq. Sirat Rasul Allah. Translated by Guillaume, A. (1955). The Life of Muhammad. Oxford: Oxford University Press..
Abu Sufyon Muhammad paygʻambar va musulmonlarga qarshi satirik sheʼrlar ham yozgan. Shuningdek, Hasson ibn Sobitni ham haqorat qilgan. Hasson paygʻambar Muhammadga qarshi aytilgan haqoratli soʻzlarga javoban sheʼr yozish uchun undan ruxsat soʻragan. U haqoratli mazmundagi sheʼrlarida Muhammad paygʻambarning nomini tilga olmaslikka vaʼda bergan. Shundan soʻng uning sheʼr yozishiga ruxsat berilgan.
626-yil yanvar oyida Muhammad paygʻambar Quraysh va musulmonlar oʻrtasida ochiq jang qilish uchun belgilangan Badr hududiga soʻnggi yurishni amalga oshirgan. Biroq Makka qoʻshini hududga yetib kelmagani sababli jang boʻlmagan. Hasson ibn Sobit bu vaziyat haqida ham sheʼr bitgan.
627-yilda Banu Qurayza qabilasi qatl etilganidan soʻng Hasson ibn Sobit ularning jahannamga ketgani mazmunida sheʼr yozgan. Shuningdek, Abu Sufyon ham bunga javoban sheʼr bitgan.
628-yilda bir arab savdogari imperator Irakliyga Muhammad paygʻambar haqida xabar bergan. Imperatorga bu xabarni yetkazgan shaxs paygʻambar Muhammadning eng yaqin qarindoshi, yaʼni Abu Sufyon ibn Harb ekanligi aytiladi. Biroq Abu Sufyon ibn al-Horis ham oʻsha yerda savdogarlar orasida boʻlgani taʼkidlagan. U shunday degan: „Men oʻzimni Irakliyning yonida tasavvur qilolmasdim, chunki Muhammadni bilsam-da, islomdan yuz oʻgʻirib yurgan edim. Keyin islom qalbimga singib bordi va men shirk naqadar katta xato ekanini angladim“.
Islomni qabul qilishi 630-yilda Makkaning fath etilishi paytida Abu Sufyon musulmon boʻlishga qaror qilgan. Jumona esa unga shunday javob bergan: „Nihoyat, badaviylar va ajnabiylar Muhammadga ergashganini, sen esa uning ashaddiy dushmani boʻlib kelganingni anglabsan! Axir unga yordam berishga birinchi boʻlib sen shoshilishing kerak edi!“. Abu Sufyon quli Madhkurga tezda tuyalar va otini tayyorlashni buyurib, al-Abvo hududida paygʻambar Muhammadning qoʻshini bilan uchrashish uchun yoʻlga chiqqan. U Jumona, Jaʼfar va amakivachchasi Abdulloh ibn Abu Umayya bilan birga yuzini niqob bilan yashirib, hayoti xavf ostida qolishi mumkinligidan xavfsirab yoʻl otlangan edi, chunki uning qoni toʻkilishi joiz deb hisoblanar edi.
Paygʻambar Muhammadning tuyasi koʻringach, Abu Sufyon amakivachchasining koʻziga qarashga urindi, biroq paygʻambar Muhammad undan yuzini oʻgirdi. Paygʻambar yuzini qaysi tomonga bursa, Abu Sufyon ham oʻsha tomonga oʻtar, ammo u yana yuzini oʻgiraverardi. Abu Sufyon ilgari amakivachchasiga adovat bilan munosabatda boʻlgani uchun paygʻambar undan qasos olib, oʻldirishi mumkin deb oʻylardi. Shunga qaramay, ular ilgari doʻst boʻlganliklari sababli Muhammad paygʻambar uning islomni qabul qilganidan xursand boʻladi, deb umid qilgan edi. Abu Bakrni ham, boshqa musulmonlar ham paygʻambar Muhammad kabi Abu Sufyondan yuz oʻgirishdi. Noʻmon ibn al-Horis uning ortidan borib, uni masxara qilib shunday dedi: „Ey Allohning dushmani! Sen Allohning Rasuli va uning sahobalariga ozor bergansan. Sening unga boʻlgan adovating butun dunyoga maʼlum!“
Abu Sufyon shafoat qilishini soʻrab amakisi Abbos ibn Abdulmuttalibga murojaat qildi, ammo amakisi buning foydasiz ekanligini aytdi. Shundan soʻng u qaynukasi Aliga murojaat qildi, ammo bundan ham bir natija chiqmadi. Abu Sufyon paygʻambar Muhammadning qarorgohiga ergashib yura boshladi, paygʻambar qayerda chodir tikmasin, Abu Sufyon uning eshigi oldida oʻtirar, biroq paygʻambar Muhammad unga eʼtibor bermasdi. Niq al-Uqobda Abdullohning singlisi va Muhammad paygʻambarning xotini Ummu Salama erini ularni qabul qilishga undadi: „Qurayshning barcha aʼzolari shunga oʻxshash gaplarni aytgan, siz esa bundan ham ogʻirroq jinoyat sodir etgan kishilarni kechirgansiz“. Muhammad paygʻambar javob berdi: „Menga ularning keragi yoʻq. Abu Sufyonga kelsak, u mening shaʼnimga tuhmat qilgan. Abdullohga kelsak, u Makkada men haqimda yomon gaplar tarqatgan va soʻzlari ila menga ozor bergan“. Abu Sufyon bu xabarni eshitgach: „Allohga qasamki, u meni qabul qilishi kerak. Aks holda, mana shu kichik oʻgʻlimni olib, yer yuzida sarson-sargardon kezib yuraman va oxir-oqibat ochlik hamda tashnalikdan halok boʻlamiz“, — dedi. Bu holat Muhammad paygʻambar Makkaga yetib borib, u yerda gʻalaba qozonguniga qadar davom etdi. Makkada Jumona boshqa bir necha mehmonlar bilan paygʻambar Muhammadning chodiriga kirdi va u bilan gaplashdi, biroq paygʻambar baribir Abu Sufyon bilan gaplashmadi.
Nihoyat, Abu Sufyon Muhammad paygʻambarga ergashib Hunayn jangida bordi. Dushman yaqinlashgach, Abu Sufyon otdan tushib, qilichini qoʻliga oldi. Keyinchalik oʻzining aytishicha, u paygʻambar Muhammadni himoya qilib, jonini fido qilishga tayyor edi. Koʻplab musulmonlar jang maydonidan chekinib qochgan paytda Abbos ibn Abdulmuttalib paygʻambar Muhammad mingan kulrang xachirning jilovidan ushladi, Abu Sufyon esa xachirning narigi tomonidan tutdi. Muhammad uni kim himoya qilayotganini soʻradi. Shunda Abu Sufyon dubulgʻasini yechdi. Abbos: „Bu sizning birodaringiz va amakivachchangiz Abu Sufyon. Shuning uchun unga yaxshi munosabatda boʻling!“ — dedi. Muhammad paygʻambar shunday javob berdi: „Men shunday qilaman. Alloh uning menga qilgan barcha adovatlarini magʻfirat qilsin!“ Abu Sufyon uzangida turgan paygʻambarning oyogʻini oʻpdi. Shunda Muhammad paygʻambar: „Jonim haqqi bu mening birodarim!“ — dedi. Soʻng paygʻambar Abbos ibn Abdulmuttalibga musulmon qoʻshinini qayta chaqirishni buyurdi va ular pistirmada hujum qilgan dushmanga qarshi hujumga oʻtdilar. Keyinchalik Muhammad paygʻambar bu sadoqati uchun Abu Sufyon va uning oilasiga jannat vaʼda qilinganini aytdi.
Muhammad paygʻambar Abu Sufyon va Abdulloh ibn Abu Umayyadan imon keltirganliklari haqida rasmiy bay’at oldi. Abu Sufyon musulmon boʻlishga avval nega ikkilanib kelganini tushuntirish uchun sheʼr yozgan.
Shundan soʻng Abu Sufyon eng yaxshi musulmon kishilardan biriga aylangan va u haqida hech qanday yomon soʻzlar aytilmagan. Muhammad paygʻambar unga Xaybardan 100 vasq miqdorida nafaqa tayinlagan.
Vafotidan uch kun oldin Abu Sufyon Oqil ibn Abu Tolibning uyi yaqinidagi Baqi’ qabristonida oʻz qabrini qazigan. Uning vafot etgan sanasi borasida turli qarashlar mavjud. Bir manbada Abu Sufyon 641-yil fevralida, boshqa bir manbada esa 652-yilda vafot etgani qayd etilgan. Umar uning janoza namoziga imomlik qilgan.
Yana qarang Sahobalar roʻyxati
Manbalar
Turkum:Baqi qabristoniga dafn etilganlar Turkum:Sahobalar Turkum:Muhammadning oilasi