Oqil ibn Abu Tolib, toʻliq ismi (; taxminan 580-yilda tugʻilgan — 670 yoki 683-yilda vafot etgan) — islom paygʻambari Muhammadning amakivachchasi, xalifa Ali va Jaʼfar ibn Abu Tolibning akasi..

Oqil Makkaning Qurayshiy hukmdorlari tomonida turib paygʻambar Muhammad va ilk musulmonlarga qarshi jang qilgan. Keyinchalik Muhammad paygʻambarning vafotidan bir necha yil avval islomni qabul qilgan. Ikkinchi xalifa Umar davrida u Quraysh qabilasining nasabnomasi boʻyicha mutaxassis sifatida xizmatga tayinlangan. Ukasi Ali (toʻrtinchi Roshidun xalifasi sifatida vafotiga qadar hukmronlik qilgan) va Muoviya I (birinchi Umaviy xalifasi) oʻrtasidagi siyosiy raqobat davrida Oqil dastlab ukasi Ali tomonda boʻlgan. Biroq keyinchalik Muoviya unga moddiy jihatdan manfaatliroq shart-sharoitlarni taklif qilgani sababli ukasi Ali tomonini tark etib, Muoviya tarafini olgan boʻlishi mumkin.

Keyingi davr mualliflari Oqilni notiqligi, shuningdek, bir qator hadislar rivoyat qilgani bilan eʼtirof etganlar. Paygʻambar Muhammad va Ali bilan yaqin qarindoshlik aloqalariga ega boʻlgani sababli keyingi davrlarda uning avlodlari baʼzan Ahl ul-Bayt tarkibiga kiritilgan. Ayniqsa, Somali urugʻ-qabilalarining aksariyati Oqil ibn Abu Tolib avlodidan ekanini daʼvo qiladi. Biroq bu nasabga oid daʼvo tarixiy manbalar bilan tasdiqlanmagan.

Tarjimai holi Oqil ibn Abu Tolib akasi Tolib ibn Abu Tolibdan 10 yil keyin, ukalari Jaʼfar ibn Abu Tolib va Ali ibn Abu Tolibdan esa mos ravishda 10 va 20 yil avval tugʻilgani aytiladi. Otasi Abu Tolib vafot etganidan soʻng, Oqil va uning akasi otasidan qolgan katta boylikni meros qilib olgan.

Oqil dastlab paygʻambar Muhammadga qarshi Badr jangida (624) qatnashgan va bu jangda asir olingan. Keyinchalik amakisi Abbos ibn Abdulmuttalib uni pul toʻlab ozod qilgan. Oqil taxminan 629 yoki 630-yilda islomni qabul qilgan. U musulmonlar tomonida Muʼta (629) va Hunayn jangida (630) qatnashgan boʻlishi mumkin.

Musulmonlarning gʻalabasidan soʻng va Muhammad paygʻambar 632-yilda vafot etganidan keyin Oqil bir muddat Kufa va Basra harbiy qarorgohlarida yashagan. U Madinadan turib toʻrtinchi Roshidun xalifasi sifatida hukmronlik qilgan ukasi Alini () qoʻllab-quvvatlagan. Biroq keyinchalik Oqil birinchi Umaviy xalifa Muoviya I () tomonida boʻlish uchun Suriyaga koʻchib oʻtgan boʻlishi va ukasi Alini tark etgan boʻlishi mumkin. Keyingi rivoyatlarga koʻra, Oqilning bunday tarzda fikri oʻzgarishiga Aliga qaraganda Muoviya uning qarzlarini toʻlashga koʻproq tayyor ekanligi sabab boʻlgan. Garchi u xalifalik borasida Hoshimiylar daʼvosidan voz kechib, siyosiy jihatdan ularga raqib boʻlgan Umaviylar daʼvosini qoʻllab-quvvatlagan boʻlishi mumkin boʻlsa-da. This is contested by , according to whom there is no good evidence that Aqil ever supported Mu’awiya against his own brother Ali. Madelung also regards as unfounded Laura Veccia Vaglieri's opinion that Aqil and Ali were estranged because of political differences., Muoviya saroyida Aliga nisbatan bildirilgan har qanday tanqidga qarshi doimo ukasini himoya qilgan.

Oqil Quraysh qabilasining (Makkadagi yetakchi qabila boʻlib, Hoshimiylar va Umaviylar xonadonlari ham shu qabilaga mansub edi) nasabnomasi boʻyicha mutaxassis boʻlgan. Ikkinchi xalifa Umar () uni Quraysh qabilasi aʼzolarining nomlarini devonga qayd etish hamda nasl-nasabga oid nizolarni hal etish vazifasiga tayinlagan.

U Fotima bint Utbaga uylangan va undan bir necha farzand koʻrgan (ular orasida eng mashhuri Muslim ibn Oqil edi). Oqildan farqli oʻlaroq, uning bir necha oʻgʻillari Hoshimiylar tomonda turib, ular uchun kurashishga qaror qilgan va amakivachchalari Husayn ibn Ali bilan birga Karbalo jangida shahid boʻlgan. Oqil koʻzlari ojiz holda Madinada yoki (boshqa manbaga koʻra) vafot etgan.

Merosi Hadislardan birida Muhammad paygʻambar Oqilga nisbatan ikki xil muhabbat his qilganini bildirgan. Biri ularning qarindoshchiligi tufayli boʻlsa, ikkinchisi ota-oʻgʻil munosabatlari tufayli boʻlgan (paygʻambar Muhammad bilan yaqin munosabatda boʻlgan, zero, paygʻambar Muhammadning otasi Abdulloh ibn Abdulmuttalib oʻgʻli tugʻilishidan bir necha oy oldin vafot etganidan soʻng, Abu Tolib uni oʻz qaramogʻiga olib tarbiya qilgan).

Oqil keyingi davr mualliflari tomonidan oʻzining notiqligi, soʻzga chechanligi hamda oʻtkir va hazilomuz javoblari bilan koʻp bor tilga olingan. Oqil badavlat kishi boʻlgan koʻrinadi. U Makka va Madinada bir nechta mulklarga ega boʻlgan. Uning Madinadagi mulklaridan biri — () deb atalgan. Ushbu maskan hududida qabriston boʻlganligi taxmin qilinadi. Rivoyatlarga koʻra, u yerga ilk islom davrining bir qator mashhur musulmon kishilari, xususan, Hoshimiylar oilasi vakillari dafn etilgan. Ular orasida Muhammad paygʻambarning qizi va xalifa Ali ibn Abu Tolibning rafiqasi Fotima ham boʻlgan.

Oqilning oʻgʻli Muhammad orqali davom etgan avlodlari al-Oqiliy nisbasini olgan. Keyingi davrlarda ular baʼzam Muhammad paygʻambarning qarindoshlari va uning xonadoniga mansub kishilar — vakillari sifatida eʼtirof etilgan. Shialik taʼlimotiga koʻra, Ahl ul-Bayt vakillari xalifa unvonini egallash huquqiga ega boʻlganlar. Shu nuqtai nazardan, ular Oqilning ukasi Alining avlodlari — Aliylar, yana bir ukasi Jaʼfarning avlodlari — Jaʼfariylar, shuningdek, uch aka-ukaning amakisi Abbos ibn Abdulmuttalibdan tarqalgan Abbosiylar bilan bir qatorda eʼtirof etilgan.

Manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar

Turkum:580-yillarda tugʻilganlar Turkum:670-yilda vafot etganlar Turkum:683-yilda vafot etganlar Turkum:Sahobalar Turkum:Banu Hoshim