Denov bekligi — Buxoro amirligi tarkibidagi hozirgi Oʻzbekiston hududida joylashgan maʼmuriy birlik. Uning maʼmuriy markazi Denov shahri boʻlgan.

Tarix 1758-yilda Muhammad Rahimxon markaziy hokimiyatni mustahkamlash jarayonida Buxoro amirligi tarkibida Denov bekligiga rasman asos soladi va bu yerga oʻz noibi — bekni tayinlaydi. Ushbu voqea uzoq yillar davomida Denovning Surxondaryo vohasidagi muhim maʼmuriy, harbiy va iqtisodiy markaz sifatidagi maqomini belgilab bergan.

Bekning huquq va majburiyatlari Amir tomonidan tayinlangan bek oʻziga ishonib topshirilgan hududda maʼmuriy, sud, politsiya va moliya ishlariga rahbarlik qilgan. turli jinoiy ishlar va jazo (oʻlim jazosidan tashqari) bekning ixtiyorida qolgan. Oʻziga ishonib topshirilgan hududni nazorat qilish va qoʻriqlash uchun bekning bir necha oʻndan bir necha yuzgacha sarbozlari (askarlari) boʻlgan.

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:Alifbo boʻyicha maʼmuriy birliklar Turkum:Buxoro xonligi bekliklari Turkum:Buxoro amirligi bekliklari Turkum:Denov