Nigʻmat Muhammadjonovich Mangutov (1911-yil 15-sentyabr, Rossiya imperiyasi, Turkiston oʻlkasi, Sirdaryo viloyati, Toshkent uyezdi, Toshkent shahri — 1981-yil 18-noyabr, SSSR, Moskva shahri) — sovet davlati, partiya va xoʻjalik arbobi.
Tarjimayi hol 1941-yildan VKP(b) aʼzosi. 1931-yilda Qozogʻiston paxtachilik texnikumini, 1958-yilda esa KPSS Markaziy Qoʻmitasi huzuridagi Oliy partiya maktabi sirtqi boʻlimining partiya qurilishi fakultetini tamomlagan.
1931—1938-yillarda — Qozogʻiston SSR Soʻzoq tumanida katta agronom.
1938—1942-yillarda — Toshkent viloyati yer organlarida ishlagan, Toshkent viloyat ijroiya qoʻmitasi raisining oʻrinbosari boʻlgan.
1942—1944-yillar — Oʻzbekiston Respublikasi partiya organlarida ishlagan.
1944—1945-yillar — O‘zbekiston Kompartiyasi Buxoro viloyat qo‘mitasining 2-kotibi.
1948—1951-yillarda Oʻzbekiston Kompartiyasi Buxoro viloyat qoʻmitasining 1-kotibi boʻlgan.
1951—1957-yillarda Oʻzbekiston SSR paxtachilik vazirining oʻrinbosari, Oʻzbekiston SSR davlat xoʻjaliklari vazirining birinchi oʻrinbosari.
1957—1962-yillarda — Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining qishloq xoʻjaligi boʻyicha guruh boshligʻi, qishloq xoʻjaligi boʻlimi mudiri.
1962—1963-yillarda — Oʻzbekiston SSR Vazirlar Kengashi huzuridagi Sovxozlar bosh boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari, Oʻzbekiston SSR ishlab chiqarish va tayyorlov vaziri oʻrinbosari.
1963—1965-yillarda Oʻrta Osiyo paxtachilik davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari.
1965—1968-yillar — SSSR Suv xoʻjaligi vazirligining Jazoir Xalq Demokratik Respublikasidagi qishloq xoʻjaligi shartnomalari boʻyicha texnik rahbari.
1968—1981-yillar — Oʻzbekiston SSR Davlat rejalashtirish qoʻmitasi qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi
Shaxsiy hayoti Turmush oʻrtogʻi — Olga Nikolayevna Mangutova. Farzandlari: Irina Komarova (Mangutova) (1932-yilda tugʻilgan), Valeriy, Rustam, Svetlana (1945-yilda tugʻilgan).
Havolalar Kommunistik partiya va Sovet Ittifoqi tarixi boʻyicha maʼlumotnoma 1898—1991 „Pravda Vostoka“ gazetasi, 18.11.1981 y.
Turkum:Mehnat Qizil Bayroq ordeni sohiblari Turkum:Hurmat Belgisi ordeni sohiblari Turkum:Vatan urushi 2-darajali ordeni sohiblari Turkum:Oʻzbekiston Kompartiyasi Buxoro viloyati qoʻmitasi 1-kotiblari Turkum:KPSS MQ qoshidagi Oliy partiya maktabi bitiruvchilari Turkum:Oʻzbekiston Kompartiyasi Qashqadaryo viloyat qoʻmitasining birinchi kotiblari Turkum:Oʻzbekiston Kompartiyasi Buxoro viloyat qo‘mitasining ikkinchi kotibi