Tehron Eronning yetakchi sayyohlik yoʻnalishlaridan biri va shaharda koʻplab mashhur sayyohlik maskanlari joylashgan. 2016-yilda Tehronga 1,64 million nafar xorijiy sayyoh tashrif buyurgan. Tehronda bir nechta badiiy, tarixiy va ilmiy muzeylar, jumladan, Jahon merosi obyekti boʻlgan Guliston saroyi, Eron Milliy muzeyi va Gilam muzeyi mavjud. Shuningdek, Andy Warhol, Pablo Pikasso va Vincent van Gogh kabi rassomlarning asarlarini oʻz ichiga olgan Zamonaviy sanʼat muzeyi ham faoliyat yuritadi.
Eron imperatorlik toj-taqinchoqlari Tehrondagi Milliy zargarlik muzeyida ham namoyish etiladi. Tehronda bir qator madaniy va savdo koʻrgazmalari oʻtkaziladi va ularning koʻpchiligi sayyohlar orasida mashhur. Tehron xalqaro kitob ko‘rgazmasi xalqaro nashriyot olamida Osiyodagi eng muhim nashriyot tadbirlaridan biri sifatida tanilgan.
Tehron va uning atrofida koʻplab bogʻlar hamda ochiq yashil hududlar mavjud. Shaharga Imom Humayniy xalqaro aeroporti va Mehrobod xalqaro aeroporti orqali kirish mumkin. Tehronda jamoat transportining turli shakllari, jumladan, Tehron metropoliteni, avtobuslarning tezkor tranzit tizimi, trolleybuslar va taksilar xizmat koʻrsatadi. Shuningdek, shaharni qamrab olgan keng avtomobil yoʻllari tarmogʻi mavjud.
Manbalar
Havolalar Tehran Guide at iranvisitor.com Turkum:Tehronda turizm Turkum:Eronda turizm