Gen terapiyasi — genlar ekspressiyasini oʻzgartirish yoki tirik hujayralarning biologik xususiyatlarini oʻzgartirish orqali davolovchi taʼsirga erishishni maqsad qilgan tibbiy texnologiyahttps://arxiv.org/pdf/2603.19473 Gene therapy foundations.
Inson DNKsini oʻzgartirish boʻyicha birinchi urinish 1980-yilda Martin Cline tomonidan amalga oshirilgan. Ammo insonlarda milliy sog‘liqni saqlash institutlari tomonidan maʼqullangan birinchi muvaffaqiyatli yadroviy gen koʻchirish 1989-yil may oyida amalga oshirildi. Birinchi marta davolash maqsadida gen koʻchirish, shuningdek, inson DNKsini toʻgʻridan-toʻgʻri yadro genomiga kiritish amaliyoti 1990-yil sentabrdan boshlangan klinik sinovda French Anderson tomonidan bajarilgan. 1989-yildan 2018-yil dekabriga qadar 2900 dan ortiq klinik sinovlar oʻtkazilgan boʻlib, ularning yarmidan koʻpi I fazada boʻlgan. 2003-yilda „Gendicine“ rasmiy ruxsatnoma olgan dunyodagi birinchi gen terapiyasi dori vositasiga aylandi. Oʻshandan beri yana boshqa gen terapiyasi dori vositalari, jumladan, alipogene tiparvovec (2012), Strimvelis (2016), tisagenlecleucel (2017), voretigene neparvovec (2017), patisiran (2018), onasemnogene abeparvovec (2019), idecabtagene vicleucel (2021), nadofaragene firadenovec, valoctocogene roxaparvovec va etranacogene dezaparvovec (barchasi 2022-yilda) maʼqullandi.
Koʻp hollarda gen terapiyasi yondashuvlarida genlarni kiritish amaliyotini bajarish uchun muvofiq ravishda in vivo hamda ex vivo usullari orqali adeno-assotsiatsiyalangan viruslar (AAV) va lentiviruslardan foydalanilgan. AAVlar virus kapsidini barqarorlashtirishi, past immunogenligi, ham boʻlinadigan, ham boʻlinmaydigan hujayralarni transduksiya qilish qobiliyati, maqsadli sohaga xos tarzda integratsiyalashuv salohiyati hamda in vivo davolashda uzoq muddatli ekspressiyaga erisha olishi bilan ajralib turadi. Alnylam va Ionis Pharmaceuticals tomonidan olib boriladiganlar kabi ASO / siRNA yondashuvlari virusli boʻlmagan yetkazib berish tizimlarini talab qiladi va GalNAc transportyorlari vositasida jigar hujayralariga yetib borish uchun muqobil mexanizmlardan foydalanadi.
Bemorning genetik tuzilishiga oʻzgartirishlar kiritadigan har qanday tibbiy muolajani ham gen terapiyasi deb hisoblab boʻlmaydi. Masalan, suyak koʻmigi transplantatsiyasi va umuman organ koʻchirib oʻtkazish amaliyotlari bemor organizmiga yot DNKni kiritishi aniqlangan.
Tarixi Gen terapiyasi konsepsiyasi birinchi marta 1960-yillarda, sutemizuvchilar hujayralariga yangi genetik funksiyalarni qoʻshish imkoniyatlarini tadqiq qilish boshlangan davrda paydo boʻlgan. Buning uchun bir qancha usullar, jumladan, mikropipetka yordamida genni toʻgʻridan-toʻgʻri tirik sutemizuvchi hujayrasiga kiritish va hujayralarni kerakli genlarni oʻz ichiga olgan DNK choʻkmasi taʼsirida qoldirish kabi usullar sinovdan oʻtkazildi. Olimlar viruslardan ham hujayralarga yangi genlarni yetkazib beruvchi vosita yoki vektor sifatida foydalanish mumkinligi haqidagi nazariyani ilgari surdilar.
Faoliyat koʻrsatayotgan DNKning sutemizuvchi hujayrasiga toʻgʻridan-toʻgʻri va muvaffaqiyatli kiritilgani haqida birinchilardan boʻlib hisobot bergan olimlardan biri — Tennessi shtati Memfis shahridagi Tennessi universiteti sogʻliqni saqlash fanlari markazi biokimyogari, doktor Lorraine Marquardt Kraus (1922-yil 6-sentabr — 2016-yil 1-iyul) boʻldi. 1961-yilda u oʻroqsimon hujayrali kamqonlik bilan ogʻrigan bemorning suyak koʻmigidan olingan hujayralar gemoglobinini genetik jihatdan oʻzgartirishga muvaffaq boʻldi. U buni bemor hujayralarini toʻqima kulturasida normal gemoglobinga ega boʻlgan donordan ajratib olingan DNK bilan birga inkubatsiya qilish orqali amalga oshirdi. 1968-yilda AQShning Betesda shahridagi Milliy sogʻliqni saqlash institutlari tadqiqotchilari Theodore Friedmann, Jay Seegmiller va John Subak-Sharpe ushbu kasallikdan aziyat chekayotgan bemorlardan olingan hujayralar kulturasiga yot DNK qoʻshish orqali ogʻir nevrologik xastalik — Lesch-Nyhan sindromi bilan bogʻliq genetik nuqsonlarni muvaffaqiyatli tuzatishga erishdilar.
Gen terapiyasini qoʻllash boʻyicha birinchi hamda muvaffaqiyatsiz yakunlangan urinish (shuningdek, organ koʻchirib oʻtkazishni hisobga olmaganda, inson tanasiga yot genlarni tibbiy yoʻl bilan kiritish boʻyicha birinchi holat) 1980-yil 10-iyulda AQShning Kaliforniya shtatida, Los-Anjelesdagi Kaliforniya universiteti genetigi Martin Cline tomonidan amalga oshirildi. Martin Cline bemorlaridagi genlardan biri olti oy oʻtgach ham faol boʻlganini daʼvo qilgan, biroq ushbu maʼlumotlarni hech qachon eʼlon qilmagan va tekshiruvdan oʻtkazmagan.
1980-yillar davomida hayvonlar ustida olib borilgan keng koʻlamli tadqiqotlar va 1989-yilda insonlarda oʻtkazilgan bakterial genlarni markirovka qilish sinovidan soʻng, keng jamoatchilik tomonidan muvaffaqiyatli deb eʼtirof etilgan birinchi gen terapiyasi 1990-yil 14-sentabrda boshlangan klinik sinovda namoyish etildi. Unda Ashanthi DeSilva ADA-SCID (adenozindezaminaza yetishmovchiligi oqibatidagi ogʻir kombinatsiyalangan immun tanqisligi) kasalligidan davolangan edi.
Doimiy genetik oʻzgarishga olib kelgan birinchi somatik davolash usuli 1993-yilda boshlangan. Bundan maqsad rekombinant DNK yordamida oʻsma hujayralarini dori vositasiga sezgir qiluvchi genni kiritish va oʻz navbatida, ushbu oʻsma hujayralarining nobud boʻlishini taʼminlash orqali xavfli miya oʻsmalarini davolash boʻlgan.
Polimerlar esa yoki oqsillarga translyatsiya qilinadi, yoki maqsadli gen ekspressiyasiga taʼsir koʻrsatadi, yoxud genetik mutatsiyalarni tuzatishi mumkin. Eng keng tarqalgan shaklida mutatsiyaga uchragan genni almashtirish uchun funksional, terapevtik genni kodlovchi DNKdan foydalaniladi. Polimer molekulasi uni hujayralar ichiga olib kiruvchi maxsus „vektor“ ichiga joylashtiriladi.
Dastlabki klinik muvaffaqiyatsizliklar gen terapiyasiga boʻlgan qiziqishning soʻnishiga olib keldi. 2006-yildan boshlab erishilgan klinik yutuqlar tadqiqotchilar eʼtiborini yana bu sohaga qarata boshladi. Lekin shunda ham 2014-yil holatiga koʻra, u hali ham asosan eksperimental usul boʻlib qolayotgan edi. Ushbu yutuqlar qatoriga koʻz toʻr pardasi kasalliklaridan Leberning tugʻma amavrozi va xoroidiremiya, X xromosomasiga bogʻliq SCID, ADA-SCID, adrenoleyko-distrofiya, surunkali limfotsitar leykemiya (SLL), oʻtkir limfotsitar leykemiya (OLL), koʻp sonli miyeloma, gemofiliya va Parkinson kasalligini davolash kiradi. 2013-yildan 2014-yil apreligacha boʻlgan davrda AQSH kompaniyalari ushbu sohaga 600 million dollardan ortiq sarmoya kiritdilar.
Birinchi tijoriy gen terapiyasi boʻlgan „Gendicine“ 2003-yilda Xitoyda saratonning ayrim turlarini davolash uchun maʼqullandi. 2011-yilda Rossiyada „Neovasculgen“ preparati oyoq-qoʻllarning kritik ishemiyasini oʻz ichiga olgan periferik arteriya kasalligini davolash boʻyicha oʻz sinfidagi birinchi gen terapiyasi dori vositasi sifatida roʻyxatga olindi. 2012-yilda kam uchraydigan irsiy kasallik — lipoproteinlipaza yetishmovchiligini davolashga moʻljallangan „alipogene tiparvovec“ preparati Yevropa Komissiyasi tomonidan maʼqullanganidan soʻng, Yevropa Ittifoqi yoki AQSHda klinik foydalanish uchun ruxsat etilgan birinchi davolash vositasiga aylandi.
Bakteriyalar, hujayralar va mayda hayvonlarni genetik muhandislik qilish boʻyicha dastlabki yutuqlardan soʻng, olimlar ushbu texnologiyani tibbiyotda qanday qoʻllash mumkinligi haqida oʻylay boshladilar. Bunda ikkita asosiy yondashuv koʻrib chiqildi: nuqsonli genlarni almashtirish yoki ularning faoliyatini toʻxtatish. Olimlar eʼtiborini kistik fibroz, gemofiliya, mushaklar distrofiyasi, talassemiya va oʻroqsimon hujayrali kamqonlik kabi bitta gen nuqsoni tufayli kelib chiqadigan kasalliklarga qaratdilar. Masalan, „alipogene tiparvovec“ preparati aynan shunday kasalliklardan birini — lipoproteinlipaza fermenti nuqsoni tufayli yuzaga keladigan xastalikni davolaydi.
DNK organizmga yuborilishi, shikastlangan hujayralarga yetib borishi, hujayra ichiga kirishi va oqsilning ekspressiyasini taʼminlashi yoki uning faoliyatini toʻxtatishi lozim. Buning uchun koʻplab yetkazib berish usullari oʻrganilgan. Dastlabki yondashuvda DNKni xromosomaga olib kirish uchun u maxsus muhandislik yoʻli bilan oʻzgartirilgan virus tarkibiga kiritilgan. Shuningdek, ayniqsa vaksinalar ishlab chiqish doirasida, „yalangʻoch“ DNK usullari ham tadqiq qilingan.
Umuman olganda, harakatlar asosan zarur oqsilning ekspressiyasiga sabab boʻladigan genni kiritishga qaratilgan edi. Yaqin vaqtlar ichida nukleaza funksiyasi haqidagi tushunchalarning kengayishi ruxli barmoq nukleazalari va CRISPR kabi usullardan foydalangan holda DNKni toʻgʻridan-toʻgʻri tahrirlashga zamin yaratdi. Vektor genlarni xromosomalarga kiritadi. Shundan soʻng namoyon boʻlgan nukleazalar xromosomadagi genlarni bloklaydi va almashtiradi. 2014-yil holatiga koʻra, ushbu yondashuvlar bemorlardan hujayralarni ajratib olish, xromosomani tahrirlash va oʻzgartirilgan hujayralarni yana bemorlarga qaytarishni koʻzda tutadi.
Gen tahrirlash irsiy kasalliklar, virusli kasalliklar va saratonni davolash uchun inson genomini oʻzgartirish imkonini beruvchi istiqbolli yondashuvdir. 2020-yil holatiga koʻra, ushbu yondashuvlar klinik sinovlarda oʻrganilmoqda.
Genni tahrirlash
Gen terapiyasining mohiyati genetik muammoni uning manbasida bartaraf etishdan iborat. Masalan, agar muayyan gendagi mutatsiya irsiy kasallikka (odatda retsessiv yoʻl bilan) olib keladigan funksional boʻlmagan oqsil hosil boʻlishiga sabab boʻlsa, gen terapiyasi zararli mutatsiyani oʻz ichiga olmagan ushbu gen nusxasini hujayraga yetkazib berish va shu orqali funksional oqsil hosil boʻlishini taʼminlash uchun qoʻllanishi mumkin. Ushbu strategiya genni almashtirish terapiyasi deb ataladi va u irsiy retinal kasalliklarni davolashda qoʻllanishi mumkin.
Genni almashtirish terapiyasi konsepsiyasi asosan retsessiv kasalliklar uchun mos boʻlsa-da, dominant irsiylanish turiga ega kasalliklarni ham davolash imkonini beradigan yangi strategiyalar taklif etilgan. CRISPR gen tahrirlash texnologiyasining joriy etilishi gen terapiyasini qoʻllash va undan foydalanish uchun yangi imkoniyatlarni ochdi. Chunki u genni shunchaki almashtirish oʻrniga, muayyan genetik nuqsonni tuzatish imkonini beradi. Kelajakda yashirin inson immunitet tanqisligi virusi (OIV) rezervuarlarini yoʻq qilish hamda oʻroqsimon hujayrali kasallikni keltirib chiqaruvchi mutatsiyani tuzatish kabi tibbiy muammolarni davolash usuli sifatida qoʻllanishi mumkin. Protez gen terapiyasi organizm hujayralariga odatda fiziologik jihatdan bajarmaydigan funksiyalarni bajarish imkonini berishni maqsad qiladi. Bunga misol sifatida koʻrishni tiklashga qaratilgan gen terapiyasini keltirish mumkinPatent: US7824869B2. U terminal bosqichdagi retinal kasalliklarga chalingan bemorlarda koʻrish qobiliyatini tiklashni maqsad qiladi. Terminal bosqichdagi retinal kasalliklarda toʻr pardaning yorugʻlikni qabul qiluvchi asosiy hujayralari boʻlgan fotoretseptorlar qaytarib boʻlmaydigan darajada yoʻqoladi. Protez gen terapiyasi yordamida yorugʻlikka sezgir oqsillar toʻr pardaning saqlanib qolgan hujayralariga yetkazib beriladi. Natijada bu hujayralar yorugʻlikka sezgir boʻlib, koʻrish axborotini miyaga uzata oladi. In vivo sharoitida CRISPR asosidagi gen tahrirlash tizimlari saratonni davolash maqsadida sichqonlarda oʻtkazilgan tadqiqotlarda qoʻllanilgan va oʻsmalarni kamaytirishda samarali boʻlgan. In vitro sharoitida esa CRISPR tizimi HPV bilan bogʻliq saraton oʻsmalarini davolashda qoʻllanilgan. CRISPR tizimi uchun genomni hujayralarga kiritishda Adeno-associated virus va Lentivirus asosidagi vektorlardan foydalanilgan.
Vektorlar
DNKni hujayralarga yetkazib berish bir necha usullar orqali amalga oshirilishi mumkin. Ularning ikkita asosiy toifasi rekombinant viruslar (baʼzan biologik nanohissachalar yoki virusli vektorlar deb ataladi) hamda yalangʻoch DNK yoki DNK komplekslari (virussiz usullar) hisoblanadi.
Viruslar