Health Communication — sogʻliqni saqlash kommunikatsiyasi sohasiga ixtisoslashgan, taqrizdan oʻtkaziladigan ilmiy jurnal. U 1989-yilda tashkil etilgan boʻlib, Taylor & Francis nashriyoti tomonidan har yili sakkiz marta nashr etiladi. Jurnalning bosh muharriri Dayton universiteti professori Teresa L. Thompson hisoblanadi.

Journal Citation Reports maʼlumotlariga koʻra, jurnalning 2016-yildagi impakt-faktori 1,464 ni tashkil etgan. U „Communication“ toifasidagi 79 ta jurnal orasida 26-oʻrinni, „Health Policy & Services“ toifasidagi 77 ta jurnal orasida esa 43-oʻrinni egallagan.

Havolalar

Turkum:Jurnallar