Andre Simonazzi (1968-yil 17-noyabr — 2024-yil 10-may) Monthey shahrida tugʻilgan shveysariyalik jurnalist. Andre 2009-yilning aprel oyidan to 2024-yil vafotigacha Shveysariya Federal Kengashi vitse-kansleri va matbuot kotibi lavozimlarida ishlagan. Tarjimai holi Simonazzi 1968-yil 17-noyabrda tugʻilgan. Andre Sent-Morisda joylashgan Abbay kollejida oʻqigan va 1988-yilda lotin va ingliz tillari boʻyicha bakalavr darajasini olgan.

„Avliyo Moris“ nomidagi iqtisod kollejida tahsil olgan Simonazzi Jenevadagi Xalqaro tadqiqotlar aspirantura institutini tamomlagan. Le Nouvelliste mintaqaviy gazetasida jurnalist sifatida ish boshlaganidan soʻng, Andre dastlab Shveysariyaning Caritas yordam tashkilotining media boʻlimiga qoʻshilgan, keyin esa 1998-yilda ushbu tashkilotning milliy vakili boʻlgan.

2004-yilda u atrof-muhit, transport, energetika va aloqa federal departamentiga (DETEC) qoʻshildi, dastlab axborot xizmati boshligʻining oʻrinbosari, keyin esa 2004 va 2009-yillar oraligʻida rahbar boʻlib ishlagan name="Felley" .

Simonazzi 2008-yil 12-noyabrda Shveysariya federal kengashining matbuot kotibi etib tayinlangan, u bu lavozimda 2009-yil 1-aprelgacha faoliyat yuritgan, undan soʻng komissar etib saylangan. Andren 2023-yil 13-dekabrda boʻlib oʻtgan federal kansler saylovlarida Valter Turnxxerning oʻrniga federal kansler lavozimida ishlash uchun kurashmoqchi emasligini taʼkidlagan. Axborot agentligining savoliga javob berar ekan, Federal kengash vakili uning saylanish ehtimoli past ekanligini tushuntirgan.Andre vitse kanslerlikni oʻlimigacha (2024-yil 10-maygacha) saqlab qoldi.

Shaxsiy hayoti va oʻlimi Andre Simonazzining ota-bobolari Italiyalik boʻlganlar. Shu sababli Andrening millati italyan boʻlgan. Ammo, Andre yoshligi va hayotining katta qismini Shveysariyada oʻtkazgan. Andre Simonazzi Veren Morisod bilan turmush qurgan. Andre va Verenning 3 nafar farzandlari bor.

Simonazzi 2024-yil 10-may kuni 55 yoshida Shveytsariya togʻlarida sayr qilayotganda yiqilib vafot etgan.

Manbalar

Turkum:2024-yilda vafot etganlar Turkum:1968-yilda tugʻilganlar