Baltimor — AQShdagi shahar va port, Merilend shtatida, Atlantika okeanining Chesapik qoʻltigʻi sohilida. Aholisi 2 mln. kishi (shahar atrofi bilan birga, 1990). Baltimor AQShning muhim transport, savdomoliya, sanoat va madaniy markazlaridan. Qora va rangli metallurgiya, mashinasozlik (asosan kemasozlik, elektrotexnika, radioelektronika, aviaraketa), neftni qayta ishlash, kimyo, oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Baltimor porti umumiy yuk oboroti boʻyicha mamlakatdagi portlar orasida oldingi oʻrinda turadi. Baltimorda universitetlar, konservatoriya, ilmiy muassasalar, muzeylar bor. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Baltimorga 1729-yilda asos solingan. Potomak daryosi boʻyida birinchi koloniya barpo etgan lord Baltimor nomiga qoʻyilganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Baltimor - (inglizcha "Baltimore") AQSh sharqidagi shaharlaridan biri, Maryland shtatida joylashgan yirik shahar. thumb|right|200px|Baltimore shahri
Manbalar
Turkum:Alifbo boʻyicha aholi punktlari Turkum:Maryland shaharlari Turkum:Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi mustaqil shaharlar